Ko‘p beriladigan savollar
Ko‘p beriladigan savollar
Men yaqinda tanishimdan Spark sotib oldim. Avtomashinani bosh ishonchnoma bilan haydab yuripman, hali notariusdan o‘z nomimga qayta rasmiylashtirmaganman. Yaqinda ushbu avtomashina kredit ta'minot sifatida garovda turganligi uchun YPX xodimlari tomonidan taqiqqa olindi. Avtomashina tanishimning kreditiga garovga qo‘yilgan ekan. Avtomashinani sotib olishdan oldin u garovda turgan yoki turmaganligini qaerdan va qanday bilishim mumkin?
Shoshilinchda bankomatdan bank kartasini olish yodimdan ko‘tarilibdi. Bankomatdan ko‘p uzoqlashmasdan qaytib kelsam bank kartam yo‘q ekan. Bank kartamni begona odam olib ketgan bo‘lishi mumkinmi? Bunday holatlarda nima qilishim kerak?
Farzandimning bog‘cha pulini bank kassasi orqali to‘laganimda bank mendan komissiya undirib oldi. Shu to‘g‘rimi?
Ish beruvchi korxonalarga soliq imtiyozlari mavjudmi?
Joriy yil 1 maydan 2023 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilar* tomonidan 25 yoshdan oshmagan yoshlarni ish bilan ta'minlaganligi uchun ularga soliq imtiyozlari qo‘llaniladi.
Soliq imtiyozi: korxonaning o‘z yosh xodimlari uchun to‘lagan ijtimoiy soliq summasi (12 foiz) Davlat byudjetidan to‘liq qaytarib beriladi.
Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi.
* byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasnoAksiya va obligatsiyalar bir-biridan qanday farq qiladi?
Shunga ko‘ra, ushbu qimmatli qog‘ozlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda, ularning egalari mazkur vositalar tomonidan taqdim etilgan daromadlar, uning hajmi, to‘lash davriyligi va tartibi, shuningdek daromadlar va xavflarning kafolatlari, shu jumladan kompaniya faoliyatiga ta’sir qilish imkoniyatlari bo‘yicha turli xil huquq va imkoniyatlarga ega.
Hulosa qilib aytganda, aksiyadorlar kompaniyaning sherik egalari, obligatsiya egalari esa kreditor (qarz beruvchi) hisoblanadi.
Ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tayyorlandi
Turkiya davlatida tibbiy jarohlik amaliyoti uchun to‘lovni svift orqali yubormoqchiman. Jo‘natma jarayonida BEN, OUR, SHA turdagi komission to‘lovlar mavjud ekan. Ularning bir biridan farqi nimada?
Svift orqali jo‘natmani amalga oshirish uchun xorijiy mamlakatdagi pul qabul qiluvchining bank rekvizitlari (jo‘natmani qabul qiluvchi bank, bank svift kodi yoki IBAN raqami, qabul qiluvchi shaxs to‘liq ismi sharifi, manzili, hisobvarag‘i, to‘lov maqsadi) ni to‘lov topshiriqnomasiga kiritish lozim. Bunday jo‘natmalarda mahalliy va xorijiy bankning komission to‘lovalari mavjud. Ular BEN, OUR, SHA turlariga bo‘linadi. Bunda,
BEN – barcha kommission to‘lovlar jo‘natma summasidan yechib olinadi, ya'ni pullarni qabul qiluvchi jo‘natma summasiga nisbatan kamroq summa qabul qiladi;
OUR – barcha kommission to‘lovlar jo‘natuvchi hisobidan amalga oshiriladi, ya'ni pullarni qabul qiluvchi jo‘natmani to‘liq summada qabul qiladi, kommission to‘lovlar esa jo‘natuvchining hisobvarag‘idan yechib olinadi;
SHA – jo‘natuvchi o‘z mahalliy banki komission to‘lovlarini amalga oshiradi, qabul qiluvchi esa xorijiy bank komission to‘lovlarini to‘laydi yoki jo‘natma summasidan chegirib qolinadi.
Aksiyalarda qanday qilib daromad topish mumkin?
1. Sotib olish va ushlab turish (Buy and Hold)
Aksiyalarda pul ishlashning eng oson yo'li - sotib olish va ushlab turishdir. Siz aksiyador bo'lishingiz va istagan kompaniya aksiyalarini sotib olishingiz mumkin. So’ngra, ularni uzoq vaqt davomida portfelingizda ushlab turasiz va aksiya qiymatini o’shishini kutasiz. Bu usul biroz sabr-toqatni talab qilishi mumkin, ammo vaqt o'tishi bilan to'g'ri kompaniya bilan siz munosib daromad olishingiz mumkin.
2. Dividendlar
Ko'pgina kompaniyalar o'z aksiyadorlariga dividendlar to'laydi. Dividendlar kompaniya foydasining bir qismi bo'lib, aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanadi. Dividendlar orqali aksiyalardan daromad olish, sizning kompaniya aksiyalariga egalik qilishdan passiv daromad olishingizni anglatadi, hatto ularning qiymati tez o'smasa ham. Bu usul barqaror daromad izlayotgan investorlar uchun mos keladi.
3. Aksiyalar bilan savdo qilish
Faolroq investorlar uchun birja savdolari mavjud. Birjada aksiyalarni narxlari o'zgarishiga qarab sotib olishingiz va sotishingiz mumkin. Bu bozorda ko'proq ishtirok etishni va bilimni talab qiladi, shu bilan birga ko'proq daromad olish imkoniyatini ham beradi.
4. O'rganish va tahlil
Aksiyalarga muvaffaqiyatli sarmoya kiritish uchun kompaniyalarning hisobotlari va tahlillarini o'tkazish muhimdir. Siz kompaniyaning moliyaviy holati, biznes modeli, raqobatdoshlilik ustunligi va istiqbollarini o'rganishingiz kerak. Bu sizga investitsion qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
5. Diversifikatsiya
Qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish bilan bog'liq xavflarni kamaytirish uchun portfelingizni diversifikatsiya qilish tavsiya etiladi. Bu turli kompaniyalar va har hil sohadagi kompaniyalar aksiyalariga sarmoya kiritishni anglatadi. Bundan tashqari, bitta kompaniya muammolarga duch kelgan bo'lsa ham, boshqalari yo'qotishlarni qoplashi mumkin.
Xulosa
Qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish – bu tajribasiz investorlar uchun ham, tajribali investorlar uchun ham mos keladigan pul ishlashning qulay usuli. Shuni yodda tutish kerakki, fond bozori o'zgaruvchan bo'lishi mumkin va investorlar o'z investitsiyalarini diqqat bilan kuzatib borishlari va muntazam ravishda tahlil qilishlari kerak. Siz tanlagan sarmoya usulidan qat'iy nazar, yetarli bilim va xabardorlik muvaffaqiyatli investor bo'lishning muhim tarkibiy qismidir.
Mening o‘rtacha oylik maoshim 5 mln.so‘mni tashkil etadi. Bankda 20 mln.so‘m mikroqarzim bor, oyiga 2 mln. atrofida to‘lab boraman. Ayni vaqtda avtokredit olishim mumkinmi?
Bank kreditini avtotransport garovi ostida rasmiylashtirganman. Garov o‘rnatilgan tartibda bank krediti to‘liq muddatiga sug‘urtalangan va to‘lovlar amalga oshirilgan. Kreditni muddatidan oldin so‘ndirsam, mos ravishda sug‘urta to‘lovlarini qisman qaytartirishim mumkinmi?
Aksiyalar nima?
Aksiyalar - bu egasiga (aksiyadorga) kompaniyaning bir qismiga egalik qilish huquqini beruvchi moliyaviy vositalardir. Kompaniyaning bu qismi aksiyalar shaklida taqdim etiladi va uni birjada sotish yoki sotib olish mumkin. Aksiyadorlar aksiyalar narxining oshishi va kompaniya tomonidan to'lanadigan dividendlardan foyda olishlari mumkin.
Mening kvartiramni bir mijoz ipoteka krediti hisobiga sotib olmoqchi. Aldanib qolmaslik uchun qanday tartibda u bilan bitim tuzsam bo‘ladi?
- Sotuvchi va xaridor o‘rtasida oldi-sotdi shartnomasi ipoteka krediti hisobiga sotib olinayotganligini ko‘rsatgan holda tuziladi;
- Xaridorning arizasiga binoan kredit shartnomasi tuziladi;
- Bank sotuvchi nomiga kredit hisobidan uyning qiymati miqdoridagi summani tegishli hisobvaraqqa o‘tkazib berilishi yuzasidan kafolat xati beradi;
- Xaridor uyni kredit muddati davriga sug‘urtalaydi;
- Kredit shartnomasi, uyning oldi-sotdi shartnomasi, sug‘urta polisi va bankning kafolat xati bilan uyning oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlanadi;
- Notarial hujjatlar bankka taqdim etilganidan so‘ng, kredit hisobidan kelishilgan summa xaridorning omonat yoki bank kartasi hisobvarag‘iga ko‘chirib beriladi.
Xususiy lizing kompaniyasidan avtomobil sotib olib, to‘lovlarni kompaniyaga doim naqd pulda va o‘z vaqtida to‘lab kelganman. Lizing to‘lovlarini barchasini to‘lab bo‘lib, avtomobilni o‘z nomimga rasmiylashtirish bo‘yicha ariza berganimda menga 10 mln.so‘m miqdorida penya hisoblanganini ma'lum qilishdi. Men to‘lovlarim bo‘yicha hech qanday hujjat olmaganman. Qanday qilib bu penya asossiz hisoblanganini isbotlashim mumkin?
Bank kreditini rasmiylashtirish uchun bir martalik komission to‘lovi mavjud ekan. Agar bank krediti summasini ko‘chirmasdan turib kredit shartnomasini bekor qilsam, bank ushbu kommision to‘lovini mendan undiradimi?
Men bankdan hisobvaraq ochib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchiman. Hisobvarag‘imdan soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lashda bank xizmatlari haqi undiriladimi?
To‘lov operatori mobil ilovasi orqali HUMO kartamdan internet aloqa uchun adashib ortiqcha pul to‘lab yuboripman. Ushbu to‘lovni qisman qaytarib olishim mumkinmi?
Bank mobil ilovasi orqali yo‘l harakati qoidasini buzganim uchun to‘lagan jarima to‘lovi, Yo‘l harakati xavsizligi xizmati hisobvarag‘ida ko‘rinmasa nima qilishim kerak?