Ko‘p beriladigan savollar

RSS
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
24202

CVV-kod bank kartasining orqa tomonida ko‘rsatilgan uch xonali raqam (kod)dir. Qoidaga ko‘ra, kartaning orqa tomonida ko‘rsatilgan 7 ta raqamning ohirgi 3 ta raqamidir. Shuni ta'kidlash kerakki, xavfsizlikni ta'minlash maqsadida CVV-kodni uchinchi shaxslarga ma'lum qilmaslik tavsiya etiladi, chunki bu ma'lumotlar sizning kartangizni internet orqali boshqarish imkonini beradi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
7763

Imtiyozli davr – bu siz kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlarini amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan vaqt. Bu vaqtda sizga kreditning asosiy summasini so‘ndirish majburiyati yuklatilmaydi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
4040

Foizlar kapitalizatsiyasi – bu ma'lum muddatda depozit bo‘yicha hisoblangan foizlar omonatning asosiy summasiga qo‘shilishi va keyingi foizlar yangi hosil bo‘lgan summa bo‘yicha hisoblanishi. Boshqacha so‘z bilan – foizlarga ham foiz to‘lanishi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
8361

UZCARD va HUMO milliy to‘lov tizimlarining bank kartalari uchun o‘rnatilgan pin-kod istalgan savdo terminali, bankomat orqali yoki bank kartasi ochilgan bankda o‘zgartirish mumkin. Xalqaro to‘lov tizimlari bank kartalari saqlovchilari esa pin-kodni bankomatlarda va xizmat ko‘rsatuvchi banklarda o‘zgartirishlari mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
2854
Kredit to‘lov grafigi kredit shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. Kredit muddatidan oldin so‘ndirilganda bank qarzdorga to‘lov grafigini qayta hisoblab, o‘z bazasida yangilab qo‘yishi va qarzdorga taqdim etishi zarur. Qarzdorning kreditni muddatidan oldin so‘ndirish huquqi va uning tartiblari kredit shartnomasida belgilanadi. Agar, kredit shartnomasida ushbu tartib qarzdorning yozma murojaati bilan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, qarzdorning arizasidan so‘ng bank kreditni muddatidan oldin so‘ndirishga haqli. Aks holda, kredit to‘lov grafigiga nisbatan ortiqcha kelib tushgan summa, kreditning asosiy qarzini so‘ndirishga yo‘naltirilishi lozim. Ushbu vaziyatda, bank xodimining e'tiborsizligi bilan kredit muddatidan oldin so‘ndirilmay to‘lov grafigi qayta hisoblanmaganligi tufayli kredit bo‘yicha ortiqcha foizlar hisoblangan bo‘lsa, tijorat banki oldingi davrlarda ortiqcha to‘langan summalarni inobatga olib yangi to‘lov grafigini tuzadi va yangi to‘lov grafigiga asosan kredit foizi uchun ortiqcha olingan summani qarzdorga qaytaradi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
2629

Bank jismoniy va yuridik shaxslardan omonatga pul qabul qiladi hamda ushbu mablag‘larni aholiga kredit sifatida taqdim etadi. Barcha ishlab chiqarish jarayoni kabi, ushbu jarayonda ham “xomashyo” va “yakuniy tayyor mahsulot” o‘rtasida farq mavjud. Ushbu farq bankning opreatsion xarajatlari (xodimlarning ish haqi, ijara, bino uchun xarajatlar, safar va amortizatsiya ajratmalari, sug‘urta, soliq va h.k.), shuningdek, risk bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi (to‘lanmagan kreditlar bo‘yicha majburiyat bank zimmasiga tushadi va shu sababdan bank yetarli darajada rezerv miqdorini yaratishi zarur). Foiz stavkalariga, o‘z navbatida, pul manbalariga iqtisodiyotda talab va taklif darajasi, raqobat va boshqa omillar ham ta'sir ko‘rsatadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1557
Ha mumkin. Fuqarolik kodeksiga binoan majburiyatni/qarzni uchinchi shaxsga o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lib, bunday holatda sizga qarzni o‘tkazayotgan bank bunday amaliyotni bajarishga rozi bo‘lishi kerak va sizni potensial qarzdor sifatida to‘liq o‘rganishga haqli. Kredit qoldig‘i boshqa shaxsga sotilayotganda yangi qarzdor kredit bo‘yicha barcha to‘lovlarni, jumladan muddati o‘tgan qarzdorliklar va penyalarni to‘lash majburiyatini oladi. Kredit ta'minotiga turgan uy o‘z-o‘zidan taqiqdan chiqarilmagan holda uyning egalik huquqi yangi qarzdorga o‘tadi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
2804

Bank-emitentga qo‘ng‘iroq qilib, bank kartasining yo‘qolganligi haqida xabar berilishi zarur, bunda bank kartasi blokirovka qilinadi. Shundan so‘ng, yo‘qotilgan bank kartasini qayta tiklash uchun bankka ariza topshiriladi. Shuni ta'kidlash joizki, ayrim banklar bank kartasini blokirovka qilish yoki blokirovkadan chiqarish amaliyotlarini bankning mobil' ilovasi orqali amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1928

Tijorat bankida voyaga yetmagan bola uchun ota yoki onasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet) va bolaning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini taqdim etish orqali uning nomiga omonat ochish mumkin. Masalan, bolaning tug'ilgan paytidan boshlab 16 yoshgacha amal qiladigan "Navqiron" omonat turini ochish mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, omonat shartlari banklarda farq qilishi mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
2792

Omonat mablag'larini qarindoshlaringizga vasiyat qilib qoldirishingiz mumkin. Buning uchun vasiyatingizni notarius orqali tasdiqlashingiz kerak.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1456

Bank kartasining muddatini uzaytirish mumkin emas. Kartaning amal qilish muddati tugagan taqdirda bankka bevosita murojaat qilib yoki bankning veb-sayti hamda mobil' ilovalari yordamida yangi bank kartasini chiqarish bo‘yicha ariza topshirish kerak bo‘ladi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
2729

Qarz oluvchi kreditni qisman so‘ndirganida yoki ma'lum bir boshqa sabablarga ko‘ra, kredit ta'minoti kreditning joriy qoldig‘ini qoplay oladigan boshqa garov turiga almashtirilishi mumkin. Bunda, bank yangi ta'minot turi holatini o‘rgangan holda uni garovga olishga rozi bo‘lishi lozim.

Agarda garov ta'minotiga qo‘yilgan biror mulkingizni sotish maqsadida yoki boshqa sababga ko‘ra garovdan chiqarmoqchi bo‘lsangiz, qarz beruvchining (tijorat bankining) roziligi bilan, ushbu ta'minot summasiga teng keluvchi boshqa garov ta'minotiga almashtirishingiz mumkin bo‘ladi.

Masalan, 100 mln. so‘m miqdoridagi kredit uchun 125 mln. so‘mlik ko‘chmas mulkni (do‘kon) garovga olingan bo‘lsa, kredit asosiy qarzining 40 mln.so‘m qismi so‘ndirilgan taqdirda, kredit qoldig‘iga mos ravishda ko‘chmas mulk garovini 75 mln.so‘mlik avtotransport vositasiga almashtirish mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1918

Qonunga ko‘ra, banklar komissiya to‘lovlarini belgilashda mustaqildirlar. Shuni ta'kidlash kerakki, pul mablag‘larini naqdlashtirishdan tushgan tushumlarning ma'lum qismi bankomatlarni sotib olish va saqlash, shuningdek, joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatuvchi bankda bank kartasidagi pul mablag‘larini komissiya to‘lovlarisiz naqdlashtirish imkoniyati mavjud.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1557

Mijoz uch usuldan biri yordamida masofadan turib bank kartasini ochish uchun ariza topshirishi mumkin:

1) bankning veb-saytlari orqali;
2) bankning mobil ilovasi orqali;
3) bankning telegram boti orqali.

Shuni yodda tutish kerakki, barcha banklar ham bunday xizmatlarni taklif qilmaydi, shuning uchun bankning call-markazlari bilan bog‘lanish maqsadga muvofiq.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
678

Omonatlarning soni bo'yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas. Bundan tashqari, bankning mobil ilovasi yordamida istalgancha onlayn omonatni ochish mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1407
Agar singlingizni daromadi o‘z kreditlari va kafilligi yuzasidan majburiyatlariga yetarli bo‘lsa, ya'ni tijorat banklari belgilagan normadan kelib chiqib, singlingizni jami majburiyatlari daromadining 50-70 foizidan oshib ketmasa, u sizning kreditingiz bo‘yicha majburiyatlarga ham kafil bo‘lishi mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
432
Yo‘q. Ta'minotchi korxona tomonidan sizga mahsulot (xizmat)lar to‘liq yetkazib berilgandan so‘ng hokim yordamchisi monitoring o‘tkazib dalolatnoma biriktiradi dasturga shundan so‘ng, ushbu dalolatnomaga asosan to‘lov amalga oshiriladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
360
Kartadan kartaga pul o‘tkazish uchun mablag‘larni jo‘natuvchiga qabul qiluvchining bank kartasi 16 talik raqami va jo‘natmani yuborishdan oldin tekshirish uchun bank kartasi egasining ismi familiyasini bilishini o‘zi yetarli. Agar bank kartasi bo‘yicha boshqa ma'lumotlar (amal qilish muddati) internetda yoki begona shaxslarni qo‘liga tushib qolsa, bank kartasini begona mobil ilovaga ulab ishlatishga urunish ehtimoli mavjud. Ushbu urunish jarayonida bank kartasi egasiga tasdiqlovchi koddan tarkib topgan sms xabarnoma yuboriladi, zero barcha bank operatsiyalari bank kartasi ulangan telefon raqamiga yuborilgan bir martalik kodlari orqali tasdiqlanadi. Bunday vaziyatda bank kartasi egasi o‘z telefon raqamiga kelgan sms tasdiqnomalarni hech kimga oshkor etmasa, bank kartasidagi mablag‘lar xavfsizligi to‘liq ta'minlanadi. Bank kartasining pin-kodi, bank operatsiyalari (masalan, sms xabarnomani yoqish, mobil ilovaga kartani ulash, kartadan kartaga pul o‘tkazish, boshqa to‘lovlarni amalga oshirish) bo‘yicha bir martalik tasdiq kodlari mablag‘laringiz qulfi hisoblanadi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
2046

Omonat bo'yicha foiz ko'rinishidagi daromad omonatning turi va shartlariga qarab to'lanadi. Agar omonat shartnomasi shartlarida omonat bo'yicha foizlarni oldindan olish imkoniyati nazarda tutilgan bo'lsa, omonat foizlarini oldindan olish mumkin, aks holda foizlar shartnoma bo'yicha belgilangan tartibda to'lanadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1709

Qarz oluvchi kredit bo‘yicha asosiy qarzni qisman qaytarganda, garov shartnomasida belgilangan muddatdan oldin kredit ta'minotini kredit asosiy qarzidan kamaytirilgan summaga mos ravishda taqiqdan yechish mumkin.

Bunda garov ta'minoti summasini kamaytirish huquqi, garov ta'minotini kamaytirish tartibi va usullari kredit bo‘yicha tuzilgan garov shartnomasida ko‘rsatilishi shart.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1764

Siz kredit bo‘yicha to‘lovlarni quyidagicha amalga oshirishingiz mumkin:


- bank kassalarida;
- bank mobil ilovalari yordamida;
- bank rasmiy saytida shaxsiy sahifa orqali;
- to‘lov tizimlari orqali (masalan, Click, Payme, Paynet.uz va h.k.)


Bundan tashqari, siz faoliyat yuritayotgan tashkilot har oy ish haqingizning bir qismini bank hisob raqamingizga o‘tkazib borishi mumkin. Ushbu bank hisob raqamidan esa kredit uchun to‘lovlar yechib olinadi. Buning uchun bankda hisob raqamidan kredit to‘lovlarini yechib olish to‘g‘risida topshiriq rasmiylashtirish kerak bo‘ladi.


Shu bilan birga, agar siz overdraft olsangiz, hisobingizga mablag‘ kelib tushishi bilan bank avtomatik ravishda qarz summasini yechib oladi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
881

Kreditni qayta moliyalashtirish – bu bir kreditni boshqa kredit shartnomasi (odatda yanada qulayroq shartlar asosida) tuzish yordamida so‘ndirish. Oddiy til bilan aytganda, bu kreditni so‘ndirish uchun kredit olishni anglatadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
580

Onlayn shaklida ochilgan omonatlarga bankning mobil ilovasi yordamida istalgan vaqtda qo'shimicha mablag' kiritilishi mumkin. Agar omonat bankka borib ochilgan va shartnoma shartlariga ko'ra uni to'ldirish imkoniyati mavjud bo'lsa, u holda Siz bankka kelib qo'shimcha mablag'larni kiritishingiz mumkin bo'ladi. Ba'zi banklar faqat boshlang'ich 3-6-oylar uchun bunday imkoniyatni taqdim etishi mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1799

Garovda turgan mol-mulkni garovga qo‘yuvchi (qarzdor) tomonidan boshqa kreditni ta'minlash uchun berish navbatdagi garov hisoblanadi.

Quyidagi holatlar bajarilganda navbatdagi garovga yo‘l qo‘yiladi:

  • oldingi garov shartnomalarida navbatdagi garov taqiqlanmagan bo‘lsa;
  • garov to‘g‘risidagi tegishli ma'lumotlar garov reestriga oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar tomonidan kiritilgan bo‘lsa.

Bunda, garovga qo‘yilgan mulkning qiymati ikkita kreditni ham so‘ndirishga yetarli bo‘lishi hamda navbatdagi garovga oluvchining roziligi kerak bo‘ladi.

Agar qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarmasa, navbatdagi garovga oluvchining talabi oldingi garovga oluvchilarning talablaridan keyin, qonunda belgilangan tartibda ushbu mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
2312

Qarz oluvchi bankka quyidagi ta'minot turlarining birini yoki bir nechtasini taqdim etishi mumkin:

• mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;
• bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
• uchinchi shaxsning kafilligi;
• sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Kredit hisobiga sotib olingan mulk, uning qiymatining 80 foizi miqdorida mazkur kredit bo‘yicha garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
666
Odatda onlayn kreditlar sug‘urta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi bilan ajratiladi. Bu esa, qarzdor to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmaganda, kredit ushbu ta'minot hisobidan so‘ndiriladi. E'tibor qarating, baxtsiz hodisalar, qarzdorning vafot etishi bo‘yicha bandlar kredit shartnomasi va kredit ta'minoti sifatida rasmiylashtirilgan sug‘urta polisining sug‘urta shartnomasida kiritilgan bo‘lishi kerak. Aks holda, ijro organlari sud qarori asosida ukangizning mulki hisobidan kreditni so‘ndirishga qaratishi mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
860

Tijorat banklari kredit shartnomasining shartlariga qarz oluvchining huquqlarini cheklanishiga va/yoki majburiyatlarini oshirilishiga olib keluvchi o‘zgartirishlarni, masalan kredit foiz stavkasini oshirish bo‘yicha o‘zgartirishni bir tomonlama kiritilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.

Ammo Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladigan kreditlar bundan mustasno. Asosiy stavkaga asosan ular bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishi mumkin va bu albatta kredit shartnomasida aks ettirilgan bo‘ladi.

Kredit shartnomasini doim e'tibor bilan o‘qing.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
2064

Siz naqd chet el valyutasini (AQSh dollari) ikki usulda sotib olishingiz mumkin. Birinchi usul tijorat banklari va ularning filiallaridagi ayirboshlash shoxobchalarida. Ikkinchi usul esa bankomat orqali (agar bank ushbu imkoniyatni taqdim etsa). Agar 100 AQSh dollaridan ortiq miqdorda sotib olmoqchi bo‘lsangiz, u holda Siz shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet) taqdim qilishingiz lozim. Odatda sotib olish kursi sotish kursidan balandroq bo‘ladi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
940

Qarz oluvchi kredit bo‘yicha asosiy qarzni qisman qaytarganda, garov shartnomasida belgilangan muddatdan oldin kredit ta'minotini kredit asosiy qarzidan kamaytirilgan summaga mos ravishda taqiqdan yechish mumkin.

Bunda garov ta'minoti summasini kamaytirish huquqi, garov ta'minotini kamaytirish tartibi va usullari kredit bo‘yicha tuzilgan garov shartnomasida ko‘rsatilishi shart.

Masalan, 200 mln. so‘m miqdoridagi kredit uchun COBALT avtomashinasi

100 mln.so‘mga va Chevrolet Tracker avtomashinasi 150 mln.so‘mga garovga olingan bo‘lib, kredit asosiy qarzining 100 mln.so‘m qismi so‘ndirilganda COBALT avtomashinasi taqiqdan yechilishi mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
598
«Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar:

Yillik 17,5 foiz stavkada:

- jismoniy shaxslarga hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 33 mln so‘mgacha;
- kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 300 mln so‘mgacha;
- tadbirkorlik sub’yektlarining investisiyaviy loyihalarini kreditlashda 300 mln so‘mdan ortiq miqdorda ajratiladi.

Kredit qancha muddatga beriladi?

Umumiy tartibda:

3 yilgacha bo‘lgan muddatga 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun;

Alohida yo‘nalishlar uchun:

3 yilgacha bo‘lgan muddatga  1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, «dala do‘konlari»ni qurish va ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish uchun;

5 yilgacha bo‘lgan muddatga 1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan oilaviy mehmon uylari (50 mln so‘mgacha), xostellar
(1 mlrd so‘mgacha), o‘tov lagerlari majmuasi (300 mln so‘mgacha), avtokempinglar (3 mlrd so‘mgacha), ekouylar majmuasi (300 mln so‘mgacha), konteyner shaharchalar (600 mln so‘mgacha) va chodirli lagerlar (60 mln so‘mgacha) tashkil etish va ularni ta’mirlash loyihalarini moliyalashtirishga;

7 yilgacha bo‘lgan muddatga 3 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, artezian quduqlarini qazish uchun

issiqxonalarni tashkil etish yo‘nalishida kredit ajratishda ustuvorlik hududlardagi o‘zlashtirilmagan adir yerlardan foydalanilayotgan loyihalarga beriladi

3 yilgacha bo‘lgan muddatga «Hunarmand» uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, «usta-shogird» maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun hamda 18 oygacha muddatga – aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun ajratiladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
545

Chet el valyutasida bank kartasini ochish uchun tijorat bankka tashrif buyurgan holda shaxsni tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etish hamda karta chiqarish uchun to‘lovni amalga oshirish kerak. Bank kartasi odatda 1-3 ish kuni ichida tayyor bo‘ladi. Ba'zi banklarda bank kartasini ochish bo‘yicha arizani onlayn tarzda taqdim etish kabi qulayliklari mavjud.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1768

Valyuta kartangizdagi chet el valyutasini tijorat banklari va ularning filiallarida naqdlashtirishingiz mumkin. Shu bilan birga, mablag‘laringizni bankomatlar orqali ham milliy valyuta, ya'ni so‘mga naqdlashtirishingiz mumkin. 2019 yil 1 oktyabrgacha amaliyotda bankomat orqali valyutani (AQSh dollari)ni naqdlashtirish imkoniyati mavjud edi, biroq shubhali operatsiyalarni amalga oshirish riskining mavjudligi sababli ushbu xizmatlar to‘xtatildi. Bundan tashqari, xalqaro tajribaga muvofiq ko‘pchilik davlatlarda bankomatlardan faqat milliy valyutada pul berilish tartibi o‘rnatilgan.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
573
Odatda, lizing kompaniyalari lizing summasiga nisbatan shartnomada ko‘rsatilgan yillik foiz stavkani to‘liq muddat davomida hisoblaydi. Masalan, avtotransport narxi 100 mln so‘m, 3 yilga yillik 15 foizdan degani siz lizing qarzingizni kamaytirganingizdan qat'iy nazar har yili 15 mln.so‘mdan foiz bo‘yicha ustama to‘lovlarni to‘lashingizni anglatadi. Ba'zi hollarda esa muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati shartnomada ko‘zda tutilmaydi. Bank kreditida esa siz kredit summasidan emas, balki qoldig‘iga nisbatan foiz to‘lovlarni amalga oshirasiz. Shuningdek, lizing xizmatidan foydalanayotganda lizing kompaniyasi xizmat haqi, sug‘urta to‘lovlari va boshqa xarajatlarga oldindan aniqlik kiritib, lizingni to‘liq qiymatini hisoblating.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
866

Yo‘q, chunki ipoteka kreditini olish uchun boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirish qonun bilan belgilangan.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
2750

Kreditning to‘liq qiymati (KTQ) - iste'mol krediti yoki qarz olish bilan bog‘liq to‘lovlarining haqqoniy, yillik va samarali hisoblashdagi foiz stavkasi hamda to‘liq qiymati.
Bugungi kunga kelib barcha banklar qarz oluvchilar bilan tuzilgan iste'mol krediti shartnomalarida kreditning to‘liq qiymati miqdorini ko‘rsatadi.
Kreditning to‘liq qiymatini hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi to‘lovlari hisobga olinadi:
• asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlar;
• bank foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar — agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa va/yoki kredit yoki qarz berilishi bunday to‘lovlarni amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lsa;
• uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar, agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa, shu jumladan quyidagi to‘lovlar:
- sug‘urta tashkiloti foydasiga amalga oshirilgan to‘lovlar, agar sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda naf oluvchi bo‘lib bank hisoblansa;
- qarz oluvchining majburiyatlari ta'minotiga qabul qilingan va garovga qo‘yuvchining ixtiyorida qoladigan garov predmetini garov shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qilishda qarz oluvchi tomonidan sug‘urta tashkilotining foydasiga amalga oshirilgan to‘lovlar;
- qarz oluvchi tomonidan kafolat (kafillik) olish uchun kafolat beruvchiga (kafilga), shuningdek garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga to‘langan to‘lovlar;
- mijozlarni jalb qilish, ular tomonidan kredit yoki qarz olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, ushbu hujjatlarni bankka topshirish, kredit yoki qarzlarni qoplash hisobiga bank mijozlaridan to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini qabul qilish bo‘yicha bankka xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar (vositachilar) hisobiga amalga oshirilgan to‘lovlar.
Banklar quyidagi hollarda KTQni hisoblab chiqishlari shart:
• shartnoma tuzilganda;
• kredit yoki qarz olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit yoki qarz olish shartlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etish vaqtida.
Hozirgi kunda Jahon banki ekspertlari tomonidan Markaziy bankka barcha kredit tashkilotlarida kreditning to‘liq qiymatini hisoblash yagona standartini kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda Markaziy bank mutaxassislari barcha kredit tashkilotlarida kreditning to‘liq qiymatini hisoblash uchun yagona standartni kiritish ustida ish olib bormoqda. Ushbu standart joriy yilning ikkinchi yarmida amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1100

Milliy valyutada ochilgan bank kartasiga sms-xabarnoma xizmatini bank kartasi berilgan bankda yoki bankomat orqali yoqtirish mumkin (odatda bankomatlar banklar yaqinida va jamoat joylarida joylashtiriladi). Ba'zi banklarda HUMO to‘lov tizimining bank kartalariga sms-xabarnoma xizmatlarini mobil ilovalar orqali ulash imkoniyati mavjud.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
201
Ushbu holatda Siz xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining viloyat boshqarmasiga yoki Markaziy bank hududiy bosh boshqarmalariga og‘zaki yoki yozma murojaat qilishingiz mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
445

Birinchi navbatda, bank kartasida sms-xabarnoma xizmatini faollashtirish kerak. Shundan so‘ng, bank yoki to‘lov tashkilotining mobil' ilovasini yuklab olish va o‘rnatish zarur. Mobil' ilovada ro‘yxatdan o‘tish, xususan, bank kartasi to‘g‘risidagi tegishli ma'lumotlarni kiritish orqali bank kartasini masofadan boshqarish imkoniyati paydo bo‘ladi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
566

Agar Siz omonat mablag'laringizni muddatdan oldin yechib olsangiz, har doim ham omonatingiz bo'yicha hisoblab kelingan foydani saqlab qololmaysiz. Chunki barcha omonat turlari ham bunday shartlarni nazarda tutmaydi. Ushbu imkoniyatni taklif etuvchi omonatlar odatda past foizda bo'ladi. Bundan tashqari, agar shartnomada boshqa shart ko'zda tutilmagan bo'lsa, mablag'larni muddatdan oldin yechib olsangiz to'lmagan oy uchun hisoblangan foizlar kuyadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
466
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining joriy yil 26 yanvardagi 3285 – sonli qaroriga muvofiq tijorat banklarida bank operatsiyalarini amalga oshirishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida pasport, identifikasiya ID-karta, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari yoki ID-kartalari, harbiy bilet yoki harbiy qismlar yohud harbiy muassasalar tomonidan beriladigan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar qabul qilinadi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
313
PQ-39-sonli qaror bo‘yicha  belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub'ektlariga 33 million so‘mgacha hokim yordamchisining tavsiyanomasi asosida ta'minotsiz kredit olishingiz mumkin. Bunda tijorat banklari o‘z mablag‘lari hisobidan kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtalaydi.
Bundan tashqari 50 million so‘mgacha garovsiz:
– agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik sub'ektlariga;
– maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va asbob uskunalarni sotib olish maqsadlari uchun kredit olishingiz mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
618

Har bir bank ham bunday imkoniyatni taklif qilmaydi. Asosan, qaysi valyutada omonatni ochgan bo'lsangiz usha valyutada omonat hisobvarag'ini yuritasiz.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
267
O‘zini o‘zi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xomashyo, ehtiyot qismi hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln. so‘mgacha miqdorda kredit mablag‘lari naqd pulda hamda hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra, kredit summasining 10 million so‘mgacha bo‘lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so‘mgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o‘tkazib berilishi mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1622

«Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar Mikrokreditbank, Agrobank, Xalq banki tomonidan jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda (bugungi kunda 36,75 mln.so‘m) 3 yilgacha yillik 14 foiz bilan ajratiladi. Ushbu yo‘nalishdagi barcha arizalar oilakredit.uz platformasi orqali qabul qilinadi va loyihalar sektor rahbari, tegishli hokimlik hamda tijorat banki tomonidan o‘rganiladi.

O‘rganish jarayonida mutasaddi tashkilotlar quyidagilarni inobatga oladi:

  • arizachining tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun sharoit va imkoniyati mavjudligi
  • arizachining yetarli bilim va tajribaga ega ekanligi
  • kredit tarixi va skoringi
  • loyihani amalga oshirishda ayni vaqtdagi mavjud talab va ehtiyoj
  • ta'minotchilar tahlili va raqobatbardoshligi.

Tijorat banki arizachining murojaatini qisman qanoatlantirsa yoki rad etsa, unga yozma shaklda asoslantirilgan holda javob qaytarishi lozim. Agar murojaat bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganda u bilan kredit shartnomasi imzolanadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
648

Kredit tarixi – bu qarz oluvchining bank va boshqa kredit tashkilotlari bilan tuzgan shartnomalariga asosan o‘z majburiyatlarini qanday bajarganligi to‘g‘risidagi ma'lumot va u kredit byurosida saqlanadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
403

Elektron hamyon - elektron pullar tizimining dasturiy ta'minotidir. U mikroprotsessor (chip) va elektron pullarni saqlovchi va undan foydalanish imkonini beruvchi dasturiy-texnik qurilma. Elektron hamyon elektron pullar tizimida har bir elektron pul egasi uchun shakllantiriladi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
504
To‘g‘ridan-to‘g‘ri Visa xalqaro kartasiga pul qabul qilish uchun bankning svift kodi, tranzit hisobvarag‘i va xorijiy valyutadagi shaxsiy hisobvarag‘ingiz rekvizitlarini jo‘natuvchiga ma'lum qilishingiz zarur. Bugungi kunda xalqaro pul o‘tkazmalarini xalqaro pul jo‘natish tizimlari orqali Uzcard va Humo bank kartalariga qabul qilish mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
348
Sug‘urta kompaniyasiga bank krediti shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risida hujjatni taqdim etgan holda murojaat qoldirsangiz, sug‘urta kompaniyasi pulingizni to‘liq qaytaradi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
502

Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta'lim kreditlari berish to‘g‘risidagi Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan ta'lim krediti kunduzgi ta'limda shartnoma asosida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ajratiladi.

Kreditlar oliy ta'lim muassasasidagi o‘qish davri hisobga olingan holda bakalavr talabasi uchun 10 yilgacha, magitsratura talabasi uchun 5 yilgacha muddatga bozor foiz stavkasidan kelib chiqqan holda beriladi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
310

Bunday holatlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan bankka tashrif buyurib, kartani blokirovkadan chiqarish bo‘yicha ariza taqdim qilish taqozo etiladi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
177
Ta'minotchi tomonidan yetkazib berilgan mahsulot sifatsiz bo‘lgan taqdirda ta'minotchiga mahsulotlarini qonunchilikda belgilangan tartibda qaytargan holda ushbu ta'minotchi bilan tuzilgan shartnoma qarz oluvchi tomonidan “Smart Market” elektron savdo maydonida bekor qilinadi. Shundan so‘ng boshqa ta'minotchi bilan qayta tanlov asosida shartnoma imzolanishi mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
361
Mumkin. Buning uchun ipoteka kreditini ajratgan bankning uy-joyingizga qarindoshingizni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish bo‘yicha rozilik xati talab etiladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
197
Mol-mulklarni sotib olishdan oldin, ushbu mol-mulk to‘g‘risida garov reestridan onlayn rejimda ma'lumot olish mumkin. Xizmat haqi bepul. Buning uchun birinchi navbatda, garov.uz saytiga kiring. Saytning onlayn xizmatlar bo‘limidan “Yozuvni izlash” tugmasini bosing. Mulk bo‘yicha ma'lumotlarni, ya'ni kadastr raqami yoki avtotransport kuzov raqamini kiriting. Ko‘chirma olish tugmasini bosib, garovga qo‘yilgan mol-mulk bo‘yicha to‘liq ma'lumotlarni yuklab olib, tanishib chiqishingiz mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
321

Bu kabi holatlarda bank kartasini blokirovka qilish kerak. Buning uchun bank-emitent yoki to‘lov tizimi operatori call-markaziga qo‘ng‘iroq qilish lozim. Shuningdek, bank yoki to‘lov tashkilotining mobil ilovasi yoki to‘lov tizimi operatori rasmiy sayti orqali bank kartasini blokirovka qilish imkoniyati mavjud.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
257

Internet bank orqali valyuta ayirboshlash xizmati bepul.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
317
VM-373-sonli qaror bilan tasdiqlangan nizomning 40-bandiga asosan yetkazib berilgan mahsulot va xizmatlar uchun to‘lovlar bank tomonidan uch bank ish kunida mahsulot yetkazib beruvchiga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi deb belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari siz hokim yordamchisining tavsiyanomasi asosida kredit summasining 10 million so‘mgacha bo‘lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so‘mgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o‘tkazib berish imkoniyati ham mavjud.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
641

Iste'mol kreditlarining naqd ko‘rinishda berilishi yoki bank kartasiga o‘tkazib berilishi qonun bilan ta'qiqlangan.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
679

Kreditni so‘ndirish bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirishning ikki usuli mavjud:


1. annuitet – umumiy qarz summasining (kreditning asosiy summasi, foiz to‘lovlari va kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar) teng qismlarga ajratilishi va kredit muddati davomida bir tekis to‘lab borilishi;


2. differensial to‘lov – bunda oylik to‘lovlar miqdori kamayib boradi, chunki foizlar kredit bo‘yicha asosiy summa qoldig‘iga nisbatan hisoblanadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
190
Aksiyalar ham, obligatsiyalar ham qimmatli qog‘ozlar bo‘lishiga qaramay, ular o‘rtasida mutlaq farq mavjud. Aksiya o‘z egasining (aksiyadorning) jamiyatdagi egalik ulushini tasdiqlovchi va aksiyadorga jamiyatni boshqarishda ishtirok etish va/yoki dividendlar olish huquqini beruvchi qimmatli qog‘oz; obligatsiya esa kompaniyaning obligatsiya egasi oldidagi qarz majburiyatlarini belgilaydi hamda kompaniyadagi ulush bilan, foydani taqsimlash yoki kompaniyani boshqarish bilan bog‘liq emas.
Shunga ko‘ra, ushbu qimmatli qog‘ozlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda, ularning egalari mazkur vositalar tomonidan taqdim etilgan daromadlar, uning hajmi, to‘lash davriyligi va tartibi, shuningdek daromadlar va xavflarning kafolatlari, shu jumladan kompaniya faoliyatiga ta’sir qilish imkoniyatlari bo‘yicha turli xil huquq va imkoniyatlarga ega.
Hulosa qilib aytganda, aksiyadorlar kompaniyaning sherik egalari, obligatsiya egalari esa kreditor (qarz beruvchi) hisoblanadi.
Ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tayyorlandi

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
191
Odatda bankomatdan 20-30 soniyada bank kartasi qaytarib olinmasa, bankomat xavfsizlikni ta'minlash maqsadida bank kartasini yutib yuboradi. Ehtimolki, bank kartangiz bankomatda qolgan va siz mazkur bankomat tegishli bo‘lgan bankka murojaat etsangiz, o‘rnatilgan tartibda shaxsingizni tasdiqlagan holda bank kartangiz sizga qaytariladi. Agar mazkur 20-30 soniya ichida begona shaxs sizning kartangizni olib ketgan deb shubhalansangiz, darhol bankning mobil ilovasi orqali yoki bankka qo‘ng‘iroq qilib bank kartangizni blokirovka qildiring, so‘ng yangisini ochishga ariza bering.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
448
«Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar Mikrokreditbank, Agrobank, Xalq banki tomonidan jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda (bugungi kunda 33 mln.so‘m) 3 yilgacha yillik 17,5 foiz bilan ajratiladi. Ushbu yo‘nalishdagi barcha arizalar oilakredit.uz platformasi orqali qabul qilinadi va loyihalar sektor rahbari, tegishli hokimlik hamda tijorat banki tomonidan o‘rganiladi.

Kreditlar yillik 17,5 foiz stavkada:

- jismoniy shaxslarga hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 33 mln so‘mgacha
- kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 300 mln so‘mgacha
- tadbirkorlik sub’yektlarining investisiyaviy loyihalarini kreditlashda 300 mln so‘mdan ortiq miqdorda ajratiladi

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
132
Tijorat banklari moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishda, jumladan mijozlarga xizmat ko‘rsatish tariflarini o‘rnatishda mustaqildir. Bunday komission to‘lovlar haqida siz oldindan to‘liq ma'lumot olishga haqlisiz.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
676

Eksportyor-korxonalarga Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan yillik 4 foiz stavka bilan tijorat banklari tomonidan imtiyozli revolver kreditlar ajratiladi.

Revolver kredit – ochiq kredit liniyasi bo‘lib, belgilangan davrlarda so‘ndirilgan kredit summasidan qayta foydalanish imkoniyatini beruvchi kredit turi.

Kredit maqsadi: kechiktirib to‘lash sharti bilan mahsulotini eksport qilgan eksportyor-korxonalarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun

Kredit muddati: eksport mahsuloti to‘lovlari kechiktirilgan muddatga

Kredit summasi: eksport mahsulotlari qiymati miqdorida (ammo, 3 mln.AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda)


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
423

Bank mobil ilovasining har bir foydalanuvchisi amal qilishi kerak bo‘lgan oddiy qoidalar:

1. Mobil ilovaga kirish uchun parolni hech kimga aytmang.
2. Faqat bankning rasmiy ilovalaridan foydalaning.
3. Smartfoningizga har qanday ilovani o‘rnatishda ehtiyot bo‘ling: aloqa raqamlar, SMS-xabarlar yuborish va internetga kirish huquqini so‘raydigan dasturlar xavfli bo‘lishi mumkin.
4. SMS-xabarlar yoki elektron pochtadan olingan havolalarga asoslangan ilovalarni o‘rnatmang, hatto ular bankdan deb aytilsa ham.


Bundan tashqari, telefoningizdagi ma'lumotlarni quyidagicha himoya qilishni tavsiya etamiz:

1. Telefoningizga parol o‘rnating;
2. Telefon ekranida avtomatik qulfni o‘rnating;
3. SIM kartaga PIN kodni o‘rnating;
4. Telefoningizda hamda ijtimoiy tarmoqlarda bank kartasi raqamlari va fotosuratlarni saqlamang.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
261

To‘lovga yaroqsiz valyutani qabul qilish jarayonida (eskirgan, yaroqsiz, chizilgan, dog‘ tushgan va boshqalar) banklar tomonidan komission to‘lovlar undirilishi mumkin. Bu odatiy holat, chunki banklarning ma'lum xarajatlari mavjud. Banklarda ko‘p miqdorda eskirgan yaroqsiz valyutalar yig‘ilganda, bank ushbu valyutalarni yangisiga almashtiradi. Bunda, quyidagi xarajatlar mavjud:
1) yangi valyutani yetkazib beruvchi bankning xizmat xaqi;
2) bojxona xarajatlari uchun to‘lovlar:
3) transport xarajatlari.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
360
Mumkin. Sababi, hokim yordamchisi joyiga chiqib monitoring qilganidan so‘ng ham mahsulotni ta'minotchiga qaytarib berib, naqdlashtirishga intilish holatlari mavjud. Mazkur holatlarni aniqlash yoki oldini olish uchun bank filiallari xodimlari joyiga chiqib o‘rganishi mumkin hamda o‘rganish natijalariga ko‘ra kredit maqsadsizligi aniqlansa, tegishli dalolatnoma rasmiylashtiradi. Shu bilan birga, agar kredit maqsadliligi ta'minlanmasa yoki bank talabiga ko‘ra kredit mablag‘lari muddatidan oldin qaytarilmasa, bank tomonidan aybdorlarga nisbatan chora ko‘rilishi yuzasidan tegishli huquq-tartibot organlariga murojaat qilinishi mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
210
Bank kassasidan 100 AQSh dollaridan ko‘p miqdorda xorijiy valyutani sotib olayotganda, bank shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida amaliyotni amalga oshiradi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
496

Bugungi kunda hech qanday cheklovlar mavjud emas. Bankomat orqali chet el valyutasini sotib olishda bir marttada faqatgina 100 AQSh dollarini olish mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
138
Sizga kelgan smsdagi internet havolaga bosib, ma'lumot manbasiga o‘tgan holda sizning arizangiz rad etilgani sabablarini o‘qishingiz mumkin. Bundan tashqari elektron kalitingiz orqali shaxsiy kabinetingizga kirgan holda ariza holatini tekshirib turishingiz mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
241
Har qanday kreditni bank kassasi orqali naqd pul shaklida so‘ndirishingiz mumkin. Onlayn kreditlarni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati kredit ofertasida, ya'ni shartnomasida ko‘rsatiladi. Ushbu shartlar bilan kreditni rasmiylashtirishdan oldin va rasmiylashtirayotganda tanishib chiqishni hamda kredit ofertasini mobil qurilmangiz xotirasiga saqlab qo‘yishingizni tavsiya qilamiz.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
267
Yangi tartib doirasida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditini olishda birgalikda qarz oluvchi sifatida, ipoteka kreditini oluvchi fuqaro bilan birga yashamaydigan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham daromadini inobatga olish mumkin. Bunda qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining pensiya to‘lovlari miqdori bilan birgalikda, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar; davlat soliq xizmati organi tomonidan deklaratsiya bilan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari hisobga olinadi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
328
Humo bank kartangizni bankka shaxsan tashrif buyurmasdan istalgan bank mobil ilovasiga ulab monitoring bo‘limi yoki bankomatlar orqali to‘lovlar tarixini kuzatishingiz mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
567

Joriy yil 1 maydan 2023 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilar* tomonidan 25 yoshdan oshmagan yoshlarni ish bilan ta'minlaganligi uchun ularga soliq imtiyozlari qo‘llaniladi.

Soliq imtiyozi: korxonaning o‘z yosh xodimlari uchun to‘lagan ijtimoiy soliq summasi (12 foiz) Davlat byudjetidan to‘liq qaytarib beriladi.

 Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi.

 * byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
302

Xalqaro amaliyotda identifikatsiya talabi mavjud bo‘lib, (Identifikatsiya - shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet) ma'lumotlari kiritib boriladigan, mijozlarni ro‘yxatga olish daftari) u jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida amalga oshiriladi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
82

1. Sotib olish va ushlab turish (Buy and Hold)

Aksiyalarda pul ishlashning eng oson yo'li - sotib olish va ushlab turishdir. Siz aksiyador bo'lishingiz va istagan kompaniya aksiyalarini sotib olishingiz mumkin. So’ngra, ularni uzoq vaqt davomida portfelingizda ushlab turasiz va aksiya qiymatini o’shishini kutasiz. Bu usul biroz sabr-toqatni talab qilishi mumkin, ammo vaqt o'tishi bilan to'g'ri kompaniya bilan siz munosib daromad olishingiz mumkin.

2. Dividendlar

Ko'pgina kompaniyalar o'z aksiyadorlariga dividendlar to'laydi. Dividendlar kompaniya foydasining bir qismi bo'lib, aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanadi. Dividendlar orqali aksiyalardan daromad olish, sizning kompaniya aksiyalariga egalik qilishdan passiv daromad olishingizni anglatadi, hatto ularning qiymati tez o'smasa ham. Bu usul barqaror daromad izlayotgan investorlar uchun mos keladi.

3. Aksiyalar bilan savdo qilish

Faolroq investorlar uchun birja savdolari mavjud. Birjada aksiyalarni narxlari o'zgarishiga qarab sotib olishingiz va sotishingiz mumkin. Bu bozorda ko'proq ishtirok etishni va bilimni talab qiladi, shu bilan birga ko'proq daromad olish imkoniyatini ham beradi.

4. O'rganish va tahlil

Aksiyalarga muvaffaqiyatli sarmoya kiritish uchun kompaniyalarning hisobotlari va tahlillarini o'tkazish muhimdir. Siz kompaniyaning moliyaviy holati, biznes modeli, raqobatdoshlilik ustunligi va istiqbollarini o'rganishingiz kerak. Bu sizga investitsion qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

5. Diversifikatsiya

Qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish bilan bog'liq xavflarni kamaytirish uchun portfelingizni diversifikatsiya qilish tavsiya etiladi. Bu turli kompaniyalar va har hil sohadagi kompaniyalar aksiyalariga sarmoya kiritishni anglatadi. Bundan tashqari, bitta kompaniya muammolarga duch kelgan bo'lsa ham, boshqalari yo'qotishlarni qoplashi mumkin.

Xulosa

Qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish – bu tajribasiz investorlar uchun ham, tajribali investorlar uchun ham mos keladigan pul ishlashning qulay usuli. Shuni yodda tutish kerakki, fond bozori o'zgaruvchan bo'lishi mumkin va investorlar o'z investitsiyalarini diqqat bilan kuzatib borishlari va muntazam ravishda tahlil qilishlari kerak. Siz tanlagan sarmoya usulidan qat'iy nazar, yetarli bilim va xabardorlik muvaffaqiyatli investor bo'lishning muhim tarkibiy qismidir.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
136
Ha albatta hokim yordamchisining tavsiyanomasi kerak. Hokim yordamchisining tavsiyanomasisiz kredit ajratishning imkoni yo‘q. Bunday xolarda siz mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga murojaat qilasiz.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
145
Xalqaro svift orqali pul jo‘natmasi mahalliy bankdagi valyutada hisobvarag‘idan chet eldagi biror bir tashkilot yoki shaxsning bank hisobvarag‘iga valyuta jo‘natish turi hisoblanadi.
Svift orqali jo‘natmani amalga oshirish uchun xorijiy mamlakatdagi pul qabul qiluvchining bank rekvizitlari (jo‘natmani qabul qiluvchi bank, bank svift kodi yoki IBAN raqami, qabul qiluvchi shaxs to‘liq ismi sharifi, manzili, hisobvarag‘i, to‘lov maqsadi) ni to‘lov topshiriqnomasiga kiritish lozim. Bunday jo‘natmalarda mahalliy va xorijiy bankning komission to‘lovalari mavjud. Ular BEN, OUR, SHA turlariga bo‘linadi. Bunda,
BEN – barcha kommission to‘lovlar jo‘natma summasidan yechib olinadi, ya'ni pullarni qabul qiluvchi jo‘natma summasiga nisbatan kamroq summa qabul qiladi;
OUR – barcha kommission to‘lovlar jo‘natuvchi hisobidan amalga oshiriladi, ya'ni pullarni qabul qiluvchi jo‘natmani to‘liq summada qabul qiladi, kommission to‘lovlar esa jo‘natuvchining hisobvarag‘idan yechib olinadi;
SHA – jo‘natuvchi o‘z mahalliy banki komission to‘lovlarini amalga oshiradi, qabul qiluvchi esa xorijiy bank komission to‘lovlarini to‘laydi yoki jo‘natma summasidan chegirib qolinadi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
290

Oilaviy kartalarning quyidagi afzalliklari mavjud:

1. bir bank hisobvarag‘iga bog‘langan oilaviy kartalar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari uchun vositachilik haqlari undirilmaydi;
2. oilaviy karta egasi sms-xabarnomani faollashtirish orqali unga ulangan oilaviy kartalar orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalardan xabardor bo‘lishi mumkin;
3. kartaning bu turi mijozlarga bitta hisobvaraqni boshqarish hamda har bir ulangan oilaviy karta uchun cheklov belgilash imkoniyatini beradi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
534
Ta'minotchi korxona bilan oldi-sotdi shartnomasi smart-market.uz internet sayti orqali tuziladi. Bunda bank bilan tuzilgan kredit shartnomasi raqami va sanasi (kredit shartnomasi ERI kalit orqali tomonlar tomonida to‘liq imzolangan bo‘lishi shart) hamda imzolash uchun ERI kaliti zarur bo‘ladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
884

Bank kartasini har qanday bankda to‘ldirish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, cash-in funksiyasi mavjud bo‘lgan bankomatlar orqali ham bank kartasini mablag‘ bilan to‘ldirish mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
246
Ha, istalgan bank yoki to‘lov kompaniyalarining xalqaro virtual kartalari orqali internet xaridlarni amalga oshirsa bo‘ladi. Virtual kartalarning har qanday turi bank yoki to‘lov tashkiloti mobil ilovasida onlayn ariza berish orqali ochiladi. Virtual kartaning rekvizitlari ilovadagi karta rasmida yoki alohida bo‘limda saqlanadi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
215

Xa, istalgan valyuta kartasidan barcha turdagi elektron xaridlarni amalga oshirish mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
134
PQ-39-sonli qarorning 2-bandi 7-xatboshida ajratilgan kreditlarni o‘z muddatida qaytarmagan fuqaro va tadbirkorlik sub'ektlariga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yo‘l qo‘yilmasligi qayd etilgan.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
165
Mijoz tomonidan ariza tasdiqlanmagan bo‘lsa, www.oilakredit.uz yagona elektron platformasi orqali qaytadan “ariza yuborish” havolasiga kiriladi. Arizani qayta yuborishni boshlaganda, “Sizning tasdiqlanmagan arizangiz bekor qilinishini xohlaysizmi” – “Ha” yoki – “Yo‘q” bo‘limlari chiqadi. “Ha” tugmasi belgilanganidan so‘ng avvalgi ariza avtomatik tarzda platforma bazasidan o‘chiriladi!

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
134
Kredit olish uchun 18 yoshga to‘lgan bo‘lish kerak. 18 yoshga to‘lmagan fuqarolar nomidan ariza berilganda skoring tizimi orqali avtomatik ravishda ariza rad etiladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
150
Agar siz xususiy korxonalardan avtomobil yoki boshqa turdagi mulklarni lizingga sotib olishga qaror qilsangiz, avvalo shartnoma bilan chuqur tanishib chiqing, zarur hollarda mutaxassis maslahatini oling. To‘lovlarni esa faqatgina lizing kompaniyasi hisobraqamiga bank kassasi yoki mobil ilovalar orqali to‘lang, shundagina asoslantirilgan hujjat, ya'ni kvitansiya orqali to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirganingizni isbotlay olasiz.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
372

Tijorat banklari tomonidan ulushdor-jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlari, xonadon davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng qayta moliyalashtiriladi.

Yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari Moliya vazirligi tomonidan berilgan resurslar hisobidan quyidagi miqdorlarda qayta moliyalashtiriladi:

  • Toshkent shahrida 339 150 000 so‘mgacha;
  • boshqa shaharlarda 309 400 000 so‘mgacha;
  • qishloqlarda 238 000 000 so‘mgacha.
  • Kredit foizi: bozor stavkasi bo‘yicha (yillik 17-19 foiz)
  • Muddati: 20 yilgacha


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
279

Bajarilgan valyuta ayirboshlash operatsiyasini bekor qilish mumkin emas. Internet bank orqali ushbu valyutani qayta ayirboshlashingiz mumkin, lekin sotish va sotib olish kurslari o‘rtasidagi farqni hisobga olish zarur, chunki kurs farqi hisobiga zarar ko‘rishingiz mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
3505

1. Bank kartasi yo‘qolganligi yoki o‘g‘irlanganligi to‘g‘risida ariza topshirilganda.
2. Foydalanish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan bank kartasi ishlatilganda.
3. Mijoz foydalanish uchun bank kartalarini taqdim etish to‘g‘risidagi shartnoma shartlarini buzsa.
4. Mijozlar tomonidan shubhali bitimlar aniqlangan taqdirda.
5. Agar shaxs terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishga tegishli bo‘lsa.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
282
Ushbu holatda faoliyat joyiga borgan holda hokim yordamchisi va mahalla vakillari ishtirokida dalolatnoma tuziladi va dalolatnoma xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. O‘z navbatida, bank maqsadsiz ishlatilgan kreditlarni muddatidan oldin undirish choralarini ko‘radi. Shuningdek, avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalangan bo‘lsangiz dasturlar orqali yangi kredit ajratilishiga ruxsat etilmaydi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
754

Bank mobil ilovasida

“Kredit” bo‘limiga o‘ting va sizga kerakli bo‘lgan kredit turini tanlang. Foiz stavkasi ekranning yuqori qismida ko‘rinadi.



Bank ofislarida

Bank ofislaridan biriga tashrif buyuring hamda mas'ul operator/xodimdan konsul'tasiya oling.



Bank rasmiy sayti yoki call-markazida

Bank call-markaziga qo‘ng‘iroq qiling yoki bankning rasmiy saytiga kiring. Banklarning ishonch telefon raqamlari va rasmiy saytlari ro‘yxati bu yerda.


Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali orqali - bankxizmatlari.uz/uz


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
222
Hududingizdagi Markaziy bank bosh boshqarmasining ishonch telefonlariga murojaat qilgan holda bu holatni bartaraf etsangiz bo‘ladi. Bu bo‘yicha Markaziy bank Sizga qaysi bankdan qancha kredit olganingiz, skoring tizimi orqali kredit qarzdorligingiz, kredit tarixingiz hamda kredit bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar olishingizda amaliy yordam ko‘rsatadi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
755

Kreditni so‘nidirish mobaynida qarz oluvchi quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:


- kreditning boshlang‘ich summasi bo‘yicha to‘lovlar;
- mablag‘lardan foydalanganlik bo‘yicha foiz to‘lovlari;
- boshqa xarajatlar.


Kredit bo‘yicha foizlar umumiy tamoyillar asosida hisoblanadi – ya'ni, ma'lum muddatga (odatda 1 yilga) kreditning asosiy summasidan ulush (%) sifatida. Kredit muddati bir kalendar yilidan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin, ammo bu foizlar hisoblanish mohiyatini o‘zgartirmaydi, kredit muddatidan kelib chiqib foizlar qayta hisoblanib boriladi.


Kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar bank komissiyasi, garovni baholash, sug‘urtalash va rasmiylashtirish hamda oylik to‘lovlarni kechiktirib to‘lash bo‘yicha jarima va penyalar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
272

Hech qanday cheklovlar yo‘q. Bank kartasidan foydalanish tartibi bank kartasi saqlovchisi va bank o‘rtasidagi shartnomaga binoan belgilanadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
231

Xalqaro to‘lov kartalaridan (VISA, MasterCard va boshqalar) foydalangan holda internet-do‘konlardan tovarlarni sotib olish mumkin. Ushbu kartalar mahalliy banklar tomonidan chiqariladi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
214
Mumkin. Bunda hokim yordamchisi tavsiyanoma bermagan bo‘lish kerak shundan keyin, siz telefon orqali SMS tarzida kelgan internet havola (ssilka, link)ga o‘tib, telefon raqamni to‘liq kiritasiz va bekor qilish tugmasini bosasiz hamda kelgan tasdiqlash kodi kiritasiz.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
567

Kredit muddati, kreditni so‘ndirish usuli va boshqa shartlar qarz oluvchi va bank o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasida belgilanadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
158
Banklar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Tijorat banklari kredit ajratish bo‘yicha qaror qabul qilishda bir qator omillarni inobatga oladilar, xususan: Qarzdorning kredit tarixi: bunda, oldingi kreditlar bo‘yicha to‘lovlarning kechikkanligi tahlil qilinadi. Qarzdorning kredit bo‘yicha to‘lov qobiliyati: bunda. o‘rtacha oylik daromad va uning doimiyligi inobatga olinadi. Qarzdorning qarz yuki: bunda, joriy va olinishi rejalashtirilayotgan kredit bo‘yicha barcha to‘lovlarni qarzdorning o‘rtacha oylik daromadiga foiz nisbati o‘rganiladi. Ya'ni, joriy qarz bo‘yicha 2 mln.so‘m yangi kredit bo‘yicha 1,5 mln.so‘m bo‘lsa, o‘rtacha oylik maosh 5 mln.so‘mni tashkil etganda, qarz yuki ko‘rsatkichi 70 foizni tashkil etadi. Hozirda kredit ajratish bo‘yicha qarzdorning dastlabki monitoringi jarayoni kredit skoringi yordamida baholash orqali to‘liq avtomatlashtirilgan.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
153
Rad etilgan taqdirda, qarz oluvchi tomonidan “Smart Market” elektron savdo maydoni orqali elektron tarzda imzolangan mahsulot yetkazib berish shartnomasi hamda hisobvaraq-fakturasi dastlab bekor qilinishi kerak. So‘ng mijoz (arizachi) qayta mahsulot yetkazib berish (ta'minot) shartnomasini qayta tanlov asosida tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
143
Tijorat bankining kredit to‘liq so‘ndirilganligi tasdiqlovchi ma'lumotini sug‘urta kompaniyasiga taqdim etgan holda sug‘urta badalini qayta hisoblatishingiz va ortiqcha mablag‘ni qaytarish bo‘yicha murojaat etishingiz mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X