Ko‘p beriladigan savollar
Ko‘p beriladigan savollar
1. Chet el valyutasi bank kartalaridagi CVV-kod nima?
CVV-kod bank kartasining orqa tomonida ko‘rsatilgan uch xonali raqam (kod)dir. Qoidaga ko‘ra, kartaning orqa tomonida ko‘rsatilgan 7 ta raqamning ohirgi 3 ta raqamidir. Shuni ta'kidlash kerakki, xavfsizlikni ta'minlash maqsadida CVV-kodni uchinchi shaxslarga ma'lum qilmaslik tavsiya etiladi, chunki bu ma'lumotlar sizning kartangizni internet orqali boshqarish imkonini beradi.
2. Kredit bo‘yicha imtiyozli davr bu nima?
Imtiyozli davr – bu siz kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlarini amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan vaqt. Bu vaqtda sizga kreditning asosiy summasini so‘ndirish majburiyati yuklatilmaydi.
3. Foizlar kapitalizatsiyasi nimani anglatadi?
Foizlar kapitalizatsiyasi – bu ma'lum muddatda depozit bo‘yicha hisoblangan foizlar omonatning asosiy summasiga qo‘shilishi va keyingi foizlar yangi hosil bo‘lgan summa bo‘yicha hisoblanishi. Boshqacha so‘z bilan – foizlarga ham foiz to‘lanishi.
4. Bank kartaning pin-kodini qanday almashtirish mumkin?
UZCARD va HUMO milliy to‘lov tizimlarining bank kartalari uchun o‘rnatilgan pin-kod istalgan savdo terminali, bankomat orqali yoki bank kartasi ochilgan bankda o‘zgartirish mumkin. Xalqaro to‘lov tizimlari bank kartalari saqlovchilari esa pin-kodni bankomatlarda va xizmat ko‘rsatuvchi banklarda o‘zgartirishlari mumkin.
5. Kredit foizlarini nisbatan kamroq to‘lash maqsadida bir yil oldin iste'mol kreditimni muddatidan oldin so‘ndirish uchun to‘lov grafigiga nisbatan ko‘proq summa to‘lab, bank xodimiga kreditni asosiy qarzidan kamaytirishini aytgan edim. Ammo bank asosiy qarzdan kamaytirmasdan, pullarni hisobvarag‘imda saqlab turgan ekan. Endi bank mendan kredit foizlari bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovni talab etmoqda. Aslida esa kredit muddatidan oldin so‘ndirilganda, foizlar kamroq hisoblanishi kerak edi. Ushbu vaziyatda nima qilishim kerak, men qo‘shimcha hisoblangan foizlarni qaytartira olmanmi?
6. Nima sababdan omonat bo‘yicha foiz stavkalariga nisbatan kredit bo‘yicha foiz stavkalari balandroq?
Bank jismoniy va yuridik shaxslardan omonatga pul qabul qiladi hamda ushbu mablag‘larni aholiga kredit sifatida taqdim etadi. Barcha ishlab chiqarish jarayoni kabi, ushbu jarayonda ham “xomashyo” va “yakuniy tayyor mahsulot” o‘rtasida farq mavjud. Ushbu farq bankning opreatsion xarajatlari (xodimlarning ish haqi, ijara, bino uchun xarajatlar, safar va amortizatsiya ajratmalari, sug‘urta, soliq va h.k.), shuningdek, risk bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi (to‘lanmagan kreditlar bo‘yicha majburiyat bank zimmasiga tushadi va shu sababdan bank yetarli darajada rezerv miqdorini yaratishi zarur). Foiz stavkalariga, o‘z navbatida, pul manbalariga iqtisodiyotda talab va taklif darajasi, raqobat va boshqa omillar ham ta'sir ko‘rsatadi.
7. Men sotib olmoqchi bo‘lgan uy, uning egasi tomonidan kreditga olingan va bank tomonidan taqiqqa qo‘yilgan ekan. Ushbu uyni kredit majburiyatlari bilan sotib olib o‘z nomimga rasmiylashtirishim mumkinmi?
8. Bank kartasi yo‘qolgan taqdirda nima qilish kerak?
Bank-emitentga qo‘ng‘iroq qilib, bank kartasining yo‘qolganligi haqida xabar berilishi zarur, bunda bank kartasi blokirovka qilinadi. Shundan so‘ng, yo‘qotilgan bank kartasini qayta tiklash uchun bankka ariza topshiriladi. Shuni ta'kidlash joizki, ayrim banklar bank kartasini blokirovka qilish yoki blokirovkadan chiqarish amaliyotlarini bankning mobil' ilovasi orqali amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
9. Voyaga yetmagan farzand uchun unga voyaga yetganda foydalanish imkoniyatini beruvchi omonat turini qanday qilib ochish mumkin?
Tijorat bankida voyaga yetmagan bola uchun ota yoki onasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet) va bolaning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini taqdim etish orqali uning nomiga omonat ochish mumkin. Masalan, bolaning tug'ilgan paytidan boshlab 16 yoshgacha amal qiladigan "Navqiron" omonat turini ochish mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, omonat shartlari banklarda farq qilishi mumkin.
10. Omonat mablag'larimni qarindoshlarimga vasiyat qilib qoldirsam bo'ladimi?
Omonat mablag'larini qarindoshlaringizga vasiyat qilib qoldirishingiz mumkin. Buning uchun vasiyatingizni notarius orqali tasdiqlashingiz kerak.
11. Bank kartasining muddati tugagan taqdirda nima qilish kerak?
Bank kartasining muddatini uzaytirish mumkin emas. Kartaning amal qilish muddati tugagan taqdirda bankka bevosita murojaat qilib yoki bankning veb-sayti hamda mobil' ilovalari yordamida yangi bank kartasini chiqarish bo‘yicha ariza topshirish kerak bo‘ladi.
12. Kredit bo‘yicha garov ta'minoti almashtirilishi mumkinmi?
Qarz oluvchi kreditni qisman so‘ndirganida yoki ma'lum bir boshqa sabablarga ko‘ra, kredit ta'minoti kreditning joriy qoldig‘ini qoplay oladigan boshqa garov turiga almashtirilishi mumkin. Bunda, bank yangi ta'minot turi holatini o‘rgangan holda uni garovga olishga rozi bo‘lishi lozim.
Agarda garov ta'minotiga qo‘yilgan biror mulkingizni sotish maqsadida yoki boshqa sababga ko‘ra garovdan chiqarmoqchi bo‘lsangiz, qarz beruvchining (tijorat bankining) roziligi bilan, ushbu ta'minot summasiga teng keluvchi boshqa garov ta'minotiga almashtirishingiz mumkin bo‘ladi.
Masalan, 100 mln. so‘m miqdoridagi kredit uchun 125 mln. so‘mlik ko‘chmas mulkni (do‘kon) garovga olingan bo‘lsa, kredit asosiy qarzining 40 mln.so‘m qismi so‘ndirilgan taqdirda, kredit qoldig‘iga mos ravishda ko‘chmas mulk garovini 75 mln.so‘mlik avtotransport vositasiga almashtirish mumkin.
13. Nega banklar pul mablag‘larini bankomatlar orqali naqdlashtirishda komissiya to‘lovlari (foizlar)ni undirishadi?
Qonunga ko‘ra, banklar komissiya to‘lovlarini belgilashda mustaqildirlar. Shuni ta'kidlash kerakki, pul mablag‘larini naqdlashtirishdan tushgan tushumlarning ma'lum qismi bankomatlarni sotib olish va saqlash, shuningdek, joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatuvchi bankda bank kartasidagi pul mablag‘larini komissiya to‘lovlarisiz naqdlashtirish imkoniyati mavjud.
14. Masofadan turib bank kartasini ochish mumkinmi?
Mijoz uch usuldan biri yordamida masofadan turib bank kartasini ochish uchun ariza topshirishi mumkin:
1) bankning veb-saytlari orqali;
2) bankning mobil ilovasi orqali;
3) bankning telegram boti orqali.
Shuni yodda tutish kerakki, barcha banklar ham bunday xizmatlarni taklif qilmaydi, shuning uchun bankning call-markazlari bilan bog‘lanish maqsadga muvofiq.
15. O'zimning nomimga omonat soni qancha miqdorgacha ochilishi mumkin?
Omonatlarning soni bo'yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas. Bundan tashqari, bankning mobil ilovasi yordamida istalgancha onlayn omonatni ochish mumkin.
16. Men bankdan kredit olmoqchi edim. Singlim kafil bo‘lmoqchi, ammo u boshqa bir kreditga ham kafil ekan. Singlim mening kreditimga ham o‘z kafilligini berishi mumkinmi?
17. Oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha kredit olishda ta'minotchi korxonaga pul o‘tkazib bergandan keyin mahsulotlarni olamizmi?
18. Ishxonamizda kollektiv xarajat uchun pul mablag‘larini to‘plash maqsadida o‘z bank kartamni rasmga tushirib barcha xodimlarga yuborgandim. Agar ushbu rasm g‘araz niyatli kimsalar qo‘liga tushsa, kartadagi mablag‘larni yechib olishlari mumkinmi?
19. Omonat bo'yicha foizli daromadni oldindan (avans shaklida) olish mumkinmi?
Omonat bo'yicha foiz ko'rinishidagi daromad omonatning turi va shartlariga qarab to'lanadi. Agar omonat shartnomasi shartlarida omonat bo'yicha foizlarni oldindan olish imkoniyati nazarda tutilgan bo'lsa, omonat foizlarini oldindan olish mumkin, aks holda foizlar shartnoma bo'yicha belgilangan tartibda to'lanadi.
20. Men kreditimning bir qismini so‘ndirdim. Kredit ta'minoti sifatida tilla buyumlar va mulkni garovga taqdim etganman. Hozirda kredit bo‘yicha ta'minotni bir qisimini muddatidan oldin taqiqdan chiqarish mumkinmi?
Qarz oluvchi kredit bo‘yicha asosiy qarzni qisman qaytarganda, garov shartnomasida belgilangan muddatdan oldin kredit ta'minotini kredit asosiy qarzidan kamaytirilgan summaga mos ravishda taqiqdan yechish mumkin.
Bunda garov ta'minoti summasini kamaytirish huquqi, garov ta'minotini kamaytirish tartibi va usullari kredit bo‘yicha tuzilgan garov shartnomasida ko‘rsatilishi shart.
21. Kreditni qanday so‘ndirish mumkin?
Siz kredit bo‘yicha to‘lovlarni quyidagicha amalga oshirishingiz mumkin:
- bank kassalarida;
- bank mobil ilovalari yordamida;
- bank rasmiy saytida shaxsiy sahifa orqali;
- to‘lov tizimlari orqali (masalan, Click, Payme, Paynet.uz va h.k.)
Bundan tashqari, siz faoliyat yuritayotgan tashkilot har oy ish haqingizning bir qismini bank hisob raqamingizga o‘tkazib borishi mumkin. Ushbu bank hisob raqamidan esa kredit uchun to‘lovlar yechib olinadi. Buning uchun bankda hisob raqamidan kredit to‘lovlarini yechib olish to‘g‘risida topshiriq rasmiylashtirish kerak bo‘ladi.
Shu bilan birga, agar siz overdraft olsangiz, hisobingizga mablag‘ kelib tushishi bilan bank avtomatik ravishda qarz summasini yechib oladi.
22. Kreditni qayta moliyalashtirish nima degani?
Kreditni qayta moliyalashtirish – bu bir kreditni boshqa kredit shartnomasi (odatda yanada qulayroq shartlar asosida) tuzish yordamida so‘ndirish. Oddiy til bilan aytganda, bu kreditni so‘ndirish uchun kredit olishni anglatadi.
23. Rasmiylashtirilgan omonat summasiga qo'shimcha mablag' kiritish mumkinmi?
Onlayn shaklida ochilgan omonatlarga bankning mobil ilovasi yordamida istalgan vaqtda qo'shimicha mablag' kiritilishi mumkin. Agar omonat bankka borib ochilgan va shartnoma shartlariga ko'ra uni to'ldirish imkoniyati mavjud bo'lsa, u holda Siz bankka kelib qo'shimcha mablag'larni kiritishingiz mumkin bo'ladi. Ba'zi banklar faqat boshlang'ich 3-6-oylar uchun bunday imkoniyatni taqdim etishi mumkin.
24. Kredit ta'minotiga garovga qo‘yilgan mulkni boshqa kredit bo‘yicha yana garovga qo‘yish mumkinmi?
Garovda turgan mol-mulkni garovga qo‘yuvchi (qarzdor) tomonidan boshqa kreditni ta'minlash uchun berish navbatdagi garov hisoblanadi.
Quyidagi holatlar bajarilganda navbatdagi garovga yo‘l qo‘yiladi:
- oldingi garov shartnomalarida navbatdagi garov taqiqlanmagan bo‘lsa;
- garov to‘g‘risidagi tegishli ma'lumotlar garov reestriga oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar tomonidan kiritilgan bo‘lsa.
Bunda, garovga qo‘yilgan mulkning qiymati ikkita kreditni ham so‘ndirishga yetarli bo‘lishi hamda navbatdagi garovga oluvchining roziligi kerak bo‘ladi.
Agar qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarmasa, navbatdagi garovga oluvchining talabi oldingi garovga oluvchilarning talablaridan keyin, qonunda belgilangan tartibda ushbu mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi.
25. Tijorat bankidan kredit olishda bankka qanday ta'minot turlarini taqdim etish mumkin?
Qarz oluvchi bankka quyidagi ta'minot turlarining birini yoki bir nechtasini taqdim etishi mumkin:
• mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;
• bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
• uchinchi shaxsning kafilligi;
• sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.
Kredit hisobiga sotib olingan mulk, uning qiymatining 80 foizi miqdorida mazkur kredit bo‘yicha garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
26. Ukam o‘tgan yili onlayn kredit olgan ekan. Yaqinda u vafot etdi. Uning krediti bo‘yicha majburiyatlari kimga o‘tadi?
27. Tijorat banklaridan olingan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasini bankning o‘zi bir tomonlama o‘zgartirishi mumkinmi? Qanday holatlarda kredit foizini o‘zgartirish mumkin?
Tijorat banklari kredit shartnomasining shartlariga qarz oluvchining huquqlarini cheklanishiga va/yoki majburiyatlarini oshirilishiga olib keluvchi o‘zgartirishlarni, masalan kredit foiz stavkasini oshirish bo‘yicha o‘zgartirishni bir tomonlama kiritilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
Ammo Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladigan kreditlar bundan mustasno. Asosiy stavkaga asosan ular bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishi mumkin va bu albatta kredit shartnomasida aks ettirilgan bo‘ladi.
Kredit shartnomasini doim e'tibor bilan o‘qing.
28. Qanday qilib naqd chet el valyutasini sotib olishim mumkin (AQSh dollari)?
Siz naqd chet el valyutasini (AQSh dollari) ikki usulda sotib olishingiz mumkin. Birinchi usul tijorat banklari va ularning filiallaridagi ayirboshlash shoxobchalarida. Ikkinchi usul esa bankomat orqali (agar bank ushbu imkoniyatni taqdim etsa). Agar 100 AQSh dollaridan ortiq miqdorda sotib olmoqchi bo‘lsangiz, u holda Siz shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet) taqdim qilishingiz lozim. Odatda sotib olish kursi sotish kursidan balandroq bo‘ladi.
29. Kredit bo‘yicha ta'minotni muddatidan oldin taqiqdan chiqarish mumkinmi?
Qarz oluvchi kredit bo‘yicha asosiy qarzni qisman qaytarganda, garov shartnomasida belgilangan muddatdan oldin kredit ta'minotini kredit asosiy qarzidan kamaytirilgan summaga mos ravishda taqiqdan yechish mumkin.
Bunda garov ta'minoti summasini kamaytirish huquqi, garov ta'minotini kamaytirish tartibi va usullari kredit bo‘yicha tuzilgan garov shartnomasida ko‘rsatilishi shart.
Masalan, 200 mln. so‘m miqdoridagi kredit uchun COBALT avtomashinasi
100 mln.so‘mga va Chevrolet Tracker avtomashinasi 150 mln.so‘mga garovga olingan bo‘lib, kredit asosiy qarzining 100 mln.so‘m qismi so‘ndirilganda COBALT avtomashinasi taqiqdan yechilishi mumkin.
30. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit olsa bo‘ladimi?
«Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar:
Yillik 17,5 foiz stavkada:
- jismoniy shaxslarga hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 33 mln so‘mgacha;
- kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 300 mln so‘mgacha;
- tadbirkorlik sub’yektlarining investisiyaviy loyihalarini kreditlashda 300 mln so‘mdan ortiq miqdorda ajratiladi.
Kredit qancha muddatga beriladi?
Umumiy tartibda:
3 yilgacha bo‘lgan muddatga 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun;
Alohida yo‘nalishlar uchun:
3 yilgacha bo‘lgan muddatga 1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, «dala do‘konlari»ni qurish va ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish uchun;
5 yilgacha bo‘lgan muddatga 1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan oilaviy mehmon uylari (50 mln so‘mgacha), xostellar
(1 mlrd so‘mgacha), o‘tov lagerlari majmuasi (300 mln so‘mgacha), avtokempinglar (3 mlrd so‘mgacha), ekouylar majmuasi (300 mln so‘mgacha), konteyner shaharchalar (600 mln so‘mgacha) va chodirli lagerlar (60 mln so‘mgacha) tashkil etish va ularni ta’mirlash loyihalarini moliyalashtirishga;
7 yilgacha bo‘lgan muddatga 3 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, artezian quduqlarini qazish uchun
issiqxonalarni tashkil etish yo‘nalishida kredit ajratishda ustuvorlik hududlardagi o‘zlashtirilmagan adir yerlardan foydalanilayotgan loyihalarga beriladi
3 yilgacha bo‘lgan muddatga «Hunarmand» uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, «usta-shogird» maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun hamda 18 oygacha muddatga – aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun ajratiladi.
31. Chet el valyutasida bank kartasini qanday ochish mumkin?
Chet el valyutasida bank kartasini ochish uchun tijorat bankka tashrif buyurgan holda shaxsni tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etish hamda karta chiqarish uchun to‘lovni amalga oshirish kerak. Bank kartasi odatda 1-3 ish kuni ichida tayyor bo‘ladi. Ba'zi banklarda bank kartasini ochish bo‘yicha arizani onlayn tarzda taqdim etish kabi qulayliklari mavjud.
32. Valyuta kartasidagi chet el valyutasi (AQSh dollari)ni bankomatlar orqali naqdlashtira olamanmi?
Valyuta kartangizdagi chet el valyutasini tijorat banklari va ularning filiallarida naqdlashtirishingiz mumkin. Shu bilan birga, mablag‘laringizni bankomatlar orqali ham milliy valyuta, ya'ni so‘mga naqdlashtirishingiz mumkin. 2019 yil 1 oktyabrgacha amaliyotda bankomat orqali valyutani (AQSh dollari)ni naqdlashtirish imkoniyati mavjud edi, biroq shubhali operatsiyalarni amalga oshirish riskining mavjudligi sababli ushbu xizmatlar to‘xtatildi. Bundan tashqari, xalqaro tajribaga muvofiq ko‘pchilik davlatlarda bankomatlardan faqat milliy valyutada pul berilish tartibi o‘rnatilgan.
33. Tanishim yillik 15 foiz stavka bilan lizing kompaniyasining taklifini ko‘rib, darhol avtotransport olishga qaror qildi. Chunki lizing kompaniyasi boshlang‘ich to‘lov va qarzdorning rasmiy daromadi bo‘yicha hech qanday summani talab qilmayapti. Lizing foiz stavkasi qanday hisoblanishi haqida ma'lumot bersangiz?
34. Boshlang‘ich to‘lovsiz ipoteka kreditini olishim mumkinmi?
Yo‘q, chunki ipoteka kreditini olish uchun boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirish qonun bilan belgilangan.
35. Kreditning to'liq qiymati nimani anglatadi?
Kreditning to‘liq qiymati (KTQ) - iste'mol krediti yoki qarz olish bilan bog‘liq to‘lovlarining haqqoniy, yillik va samarali hisoblashdagi foiz stavkasi hamda to‘liq qiymati.
Bugungi kunga kelib barcha banklar qarz oluvchilar bilan tuzilgan iste'mol krediti shartnomalarida kreditning to‘liq qiymati miqdorini ko‘rsatadi.
Kreditning to‘liq qiymatini hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi to‘lovlari hisobga olinadi:
• asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlar;
• bank foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar — agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa va/yoki kredit yoki qarz berilishi bunday to‘lovlarni amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lsa;
• uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar, agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa, shu jumladan quyidagi to‘lovlar:
- sug‘urta tashkiloti foydasiga amalga oshirilgan to‘lovlar, agar sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda naf oluvchi bo‘lib bank hisoblansa;
- qarz oluvchining majburiyatlari ta'minotiga qabul qilingan va garovga qo‘yuvchining ixtiyorida qoladigan garov predmetini garov shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qilishda qarz oluvchi tomonidan sug‘urta tashkilotining foydasiga amalga oshirilgan to‘lovlar;
- qarz oluvchi tomonidan kafolat (kafillik) olish uchun kafolat beruvchiga (kafilga), shuningdek garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga to‘langan to‘lovlar;
- mijozlarni jalb qilish, ular tomonidan kredit yoki qarz olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, ushbu hujjatlarni bankka topshirish, kredit yoki qarzlarni qoplash hisobiga bank mijozlaridan to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini qabul qilish bo‘yicha bankka xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar (vositachilar) hisobiga amalga oshirilgan to‘lovlar.
Banklar quyidagi hollarda KTQni hisoblab chiqishlari shart:
• shartnoma tuzilganda;
• kredit yoki qarz olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit yoki qarz olish shartlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etish vaqtida.
Hozirgi kunda Jahon banki ekspertlari tomonidan Markaziy bankka barcha kredit tashkilotlarida kreditning to‘liq qiymatini hisoblash yagona standartini kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda Markaziy bank mutaxassislari barcha kredit tashkilotlarida kreditning to‘liq qiymatini hisoblash uchun yagona standartni kiritish ustida ish olib bormoqda. Ushbu standart joriy yilning ikkinchi yarmida amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.
36. Milliy valyutada ochilgan bank kartasiga qanday qilib sms-xabarnomani yoqtirish mumkin?
Milliy valyutada ochilgan bank kartasiga sms-xabarnoma xizmatini bank kartasi berilgan bankda yoki bankomat orqali yoqtirish mumkin (odatda bankomatlar banklar yaqinida va jamoat joylarida joylashtiriladi). Ba'zi banklarda HUMO to‘lov tizimining bank kartalariga sms-xabarnoma xizmatlarini mobil ilovalar orqali ulash imkoniyati mavjud.
37. Mening arizam skoring tizimidan o‘tdi, hokim yordamchisi ham tavsiyanoma berdi, ta'minotchi bilan ham shartnoma tuzilgan. Barcha hujjatlar tayyor bo‘lsa-da bank kreditimni sababsiz chiqarib bermasa, kimga murojaat qilsam bo‘ladi?
38. Mobil telefon orqali bank kartasini qanday boshqarish mumkin?
Birinchi navbatda, bank kartasida sms-xabarnoma xizmatini faollashtirish kerak. Shundan so‘ng, bank yoki to‘lov tashkilotining mobil' ilovasini yuklab olish va o‘rnatish zarur. Mobil' ilovada ro‘yxatdan o‘tish, xususan, bank kartasi to‘g‘risidagi tegishli ma'lumotlarni kiritish orqali bank kartasini masofadan boshqarish imkoniyati paydo bo‘ladi.
39. Omonat mablag'larini muddatidan oldin yechib olsamda, foizli daromadlarni saqlab qolishim mumkinmi?
Agar Siz omonat mablag'laringizni muddatdan oldin yechib olsangiz, har doim ham omonatingiz bo'yicha hisoblab kelingan foydani saqlab qololmaysiz. Chunki barcha omonat turlari ham bunday shartlarni nazarda tutmaydi. Ushbu imkoniyatni taklif etuvchi omonatlar odatda past foizda bo'ladi. Bundan tashqari, agar shartnomada boshqa shart ko'zda tutilmagan bo'lsa, mablag'larni muddatdan oldin yechib olsangiz to'lmagan oy uchun hisoblangan foizlar kuyadi.
40. Men bankning valyuta ayirboshlash shahobchasida 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarimni so‘mga almashtirmoqchi edim. Ammo pasportim yonimda emas edi. Shaxsimni tasdiqlovchi boshqa hujjat taqdim etishim mumkinmi?
41. Kichik tadbirkorlik sub'ekti sifatida faoliyat yuritaman imtiyozli kredit olmoqchiman biroq garov ta'minotim yo‘q garovsiz xam kredit olishim mumkinmi?
Bundan tashqari 50 million so‘mgacha garovsiz:
– agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik sub'ektlariga;
– maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va asbob uskunalarni sotib olish maqsadlari uchun kredit olishingiz mumkin.
42. Bir valyutada ochilgan omonat hisobini boshqa valyuta mablag'lari orqali to'ldirish mumkinmi?
Har bir bank ham bunday imkoniyatni taklif qilmaydi. Asosan, qaysi valyutada omonatni ochgan bo'lsangiz usha valyutada omonat hisobvarag'ini yuritasiz.
43. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar naqd pul ko‘rinishida yoki plastik kartaga o‘tkazib berilishi mumkinmi?
44.
Men «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida tikuvchilik uchun 36 mln.so‘m miqdorida kredit olish maqsadida oilakredit.uz platformasi orqali ariza yubordim. Sektor rahbari tavsiyanomasi va tuman hokimligining ijobiy xulosasidan keyin, bank menga 24 mln.so‘m miqdorida kredit ajratishini ma'lum qildi. Bankning bunday qaror qabul qilishida nimalar asos bo‘lishi mumkin?
«Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar Mikrokreditbank, Agrobank, Xalq banki tomonidan jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda (bugungi kunda 36,75 mln.so‘m) 3 yilgacha yillik 14 foiz bilan ajratiladi. Ushbu yo‘nalishdagi barcha arizalar oilakredit.uz platformasi orqali qabul qilinadi va loyihalar sektor rahbari, tegishli hokimlik hamda tijorat banki tomonidan o‘rganiladi.
O‘rganish jarayonida mutasaddi tashkilotlar quyidagilarni inobatga oladi:
- arizachining tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun sharoit va imkoniyati mavjudligi
- arizachining yetarli bilim va tajribaga ega ekanligi
- kredit tarixi va skoringi
- loyihani amalga oshirishda ayni vaqtdagi mavjud talab va ehtiyoj
- ta'minotchilar tahlili va raqobatbardoshligi.
Tijorat banki arizachining murojaatini qisman qanoatlantirsa yoki rad etsa, unga yozma shaklda asoslantirilgan holda javob qaytarishi lozim. Agar murojaat bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganda u bilan kredit shartnomasi imzolanadi.
45. Kredit tarixi bu nima?
Kredit tarixi – bu qarz oluvchining bank va boshqa kredit tashkilotlari bilan tuzgan shartnomalariga asosan o‘z majburiyatlarini qanday bajarganligi to‘g‘risidagi ma'lumot va u kredit byurosida saqlanadi.
46. Elektron hamyon nima?
Elektron hamyon - elektron pullar tizimining dasturiy ta'minotidir. U mikroprotsessor (chip) va elektron pullarni saqlovchi va undan foydalanish imkonini beruvchi dasturiy-texnik qurilma. Elektron hamyon elektron pullar tizimida har bir elektron pul egasi uchun shakllantiriladi.
47. Qarindoshim mening Visa electron xalqaro kartamga chet eldan pul jo‘natishi zarur. Bunday o‘tkazmani to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartamga qabul qilishning imkoni bormi?
48. Men tijorat krediti olish uchun barcha hujjatlarni rasmiylashtirib, jumladan garov ta'minotini sug‘urtaladim va sug‘urta badalini amalga oshirdim. Ammo bank krediti xizmatidan foydalanmadim. Sug‘urta to‘lovini qaytarib olsam bo‘ladimi?
49. Men kunduzgi ta'limda 1 kursdaman. Kelgusi yildan o‘qishimni sirtqi ta'limga o‘zgartirmoqchiman. Men sirtqi ta'limda o‘qib turib ta'lim krediti olishim mumkinmi?
Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta'lim kreditlari berish to‘g‘risidagi Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan ta'lim krediti kunduzgi ta'limda shartnoma asosida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ajratiladi.
Kreditlar oliy ta'lim muassasasidagi o‘qish davri hisobga olingan holda bakalavr talabasi uchun 10 yilgacha, magitsratura talabasi uchun 5 yilgacha muddatga bozor foiz stavkasidan kelib chiqqan holda beriladi.
50. Bank kartasi yo‘qolganligi to‘g‘risida bankni xabardor qilganimdan va karta blokirovka qilinganidan so‘ng bank kartasi topildi. Nima qilish kerak?
Bunday holatlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan bankka tashrif buyurib, kartani blokirovkadan chiqarish bo‘yicha ariza taqdim qilish taqozo etiladi.
51. Ta'minotchi yetkazib bergan mahsulotlar sifatli bo‘lmasa, boshqa bir ta'minotchi bilan shartnoma tuzish mumkinmi?
52. Mening uyim ipoteka kreditiga olingan. Uy manzilimga qarindoshimni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yishim mumkinmi?
53.
Men yaqinda tanishimdan Spark sotib oldim. Avtomashinani bosh ishonchnoma bilan haydab yuripman, hali notariusdan o‘z nomimga qayta rasmiylashtirmaganman. Yaqinda ushbu avtomashina kredit ta'minot sifatida garovda turganligi uchun YPX xodimlari tomonidan taqiqqa olindi. Avtomashina tanishimning kreditiga garovga qo‘yilgan ekan. Avtomashinani sotib olishdan oldin u garovda turgan yoki turmaganligini qaerdan va qanday bilishim mumkin?
54. Bank kartasi hisobvarag‘idan ko‘chirmada men amalga oshirmagan to‘lovlar kuzatilsa, nima qilish lozim?
Bu kabi holatlarda bank kartasini blokirovka qilish kerak. Buning uchun bank-emitent yoki to‘lov tizimi operatori call-markaziga qo‘ng‘iroq qilish lozim. Shuningdek, bank yoki to‘lov tashkilotining mobil ilovasi yoki to‘lov tizimi operatori rasmiy sayti orqali bank kartasini blokirovka qilish imkoniyati mavjud.
55. Internet bank orqali valyuta ayirboshlash xizmati nechpul turadi?
Internet bank orqali valyuta ayirboshlash xizmati bepul.
56. Oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha kredit olishda ta'minotchi korxonaga pul o‘tkazib berish shartmi kredit oluvchining o‘ziga bersa bo‘lmaydimi?
57. Iste'mol kreditlari bank tomonidan naqd pulda yoki bank kartasiga o‘tkazib berilishi ko‘zda tutilganmi?
Iste'mol kreditlarining naqd ko‘rinishda berilishi yoki bank kartasiga o‘tkazib berilishi qonun bilan ta'qiqlangan.
58. Kreditni so‘ndirishning qanday usullari mavjud?
Kreditni so‘ndirish bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirishning ikki usuli mavjud:
1. annuitet – umumiy qarz summasining (kreditning asosiy summasi, foiz to‘lovlari va kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar) teng qismlarga ajratilishi va kredit muddati davomida bir tekis to‘lab borilishi;
2. differensial to‘lov – bunda oylik to‘lovlar miqdori kamayib boradi, chunki foizlar kredit bo‘yicha asosiy summa qoldig‘iga nisbatan hisoblanadi.
59. Aksiya va obligatsiyalar bir-biridan qanday farq qiladi?
Shunga ko‘ra, ushbu qimmatli qog‘ozlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda, ularning egalari mazkur vositalar tomonidan taqdim etilgan daromadlar, uning hajmi, to‘lash davriyligi va tartibi, shuningdek daromadlar va xavflarning kafolatlari, shu jumladan kompaniya faoliyatiga ta’sir qilish imkoniyatlari bo‘yicha turli xil huquq va imkoniyatlarga ega.
Hulosa qilib aytganda, aksiyadorlar kompaniyaning sherik egalari, obligatsiya egalari esa kreditor (qarz beruvchi) hisoblanadi.
Ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tayyorlandi
60. Shoshilinchda bankomatdan bank kartasini olish yodimdan ko‘tarilibdi. Bankomatdan ko‘p uzoqlashmasdan qaytib kelsam bank kartam yo‘q ekan. Bank kartamni begona odam olib ketgan bo‘lishi mumkinmi? Bunday holatlarda nima qilishim kerak?
61. Men «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida tikuvchilik uchun 36 mln.so‘m miqdorida kredit olish maqsadida oilakredit.uz platformasi orqali ariza yubordim. Sektor rahbari tavsiyanomasi va tuman hokimligining ijobiy xulosasidan keyin, bank menga 24 mln.so‘m miqdorida kredit ajratishini ma'lum qildi. Bankning bunday qaror qabul qilishida nimalar asos bo‘lishi mumkin?
Kreditlar yillik 17,5 foiz stavkada:
- jismoniy shaxslarga hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 33 mln so‘mgacha
- kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 300 mln so‘mgacha
- tadbirkorlik sub’yektlarining investisiyaviy loyihalarini kreditlashda 300 mln so‘mdan ortiq miqdorda ajratiladi
62. Farzandimning bog‘cha pulini bank kassasi orqali to‘laganimda bank mendan komissiya undirib oldi. Shu to‘g‘rimi?
63. Eksportyor-korxonalar uchun kredit bo‘yicha qanday imtiyozlar mavjud?
Eksportyor-korxonalarga Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan yillik 4 foiz stavka bilan tijorat banklari tomonidan imtiyozli revolver kreditlar ajratiladi.
Revolver kredit – ochiq kredit liniyasi bo‘lib, belgilangan davrlarda so‘ndirilgan kredit summasidan qayta foydalanish imkoniyatini beruvchi kredit turi.
Kredit maqsadi: kechiktirib to‘lash sharti bilan mahsulotini eksport qilgan eksportyor-korxonalarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun
Kredit muddati: eksport mahsuloti to‘lovlari kechiktirilgan muddatga
Kredit summasi: eksport mahsulotlari qiymati miqdorida (ammo, 3 mln.AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda)
64. Bank mobil ilovasidan foydalanish xavfsizmi?
Bank mobil ilovasining har bir foydalanuvchisi amal qilishi kerak bo‘lgan oddiy qoidalar:
1. Mobil ilovaga kirish uchun parolni hech kimga aytmang.
2. Faqat bankning rasmiy ilovalaridan foydalaning.
3. Smartfoningizga har qanday ilovani o‘rnatishda ehtiyot bo‘ling: aloqa raqamlar, SMS-xabarlar yuborish va internetga kirish huquqini so‘raydigan dasturlar xavfli bo‘lishi mumkin.
4. SMS-xabarlar yoki elektron pochtadan olingan havolalarga asoslangan ilovalarni o‘rnatmang, hatto ular bankdan deb aytilsa ham.
Bundan tashqari, telefoningizdagi ma'lumotlarni quyidagicha himoya qilishni tavsiya etamiz:
1. Telefoningizga parol o‘rnating;
2. Telefon ekranida avtomatik qulfni o‘rnating;
3. SIM kartaga PIN kodni o‘rnating;
4. Telefoningizda hamda ijtimoiy tarmoqlarda bank kartasi raqamlari va fotosuratlarni saqlamang.
65. Yaroqsiz valyuta uchun nega komission to‘lovlarni amalga oshirish kerak?
To‘lovga yaroqsiz valyutani qabul qilish jarayonida (eskirgan, yaroqsiz, chizilgan, dog‘ tushgan va boshqalar) banklar tomonidan komission to‘lovlar undirilishi mumkin. Bu odatiy holat, chunki banklarning ma'lum xarajatlari mavjud. Banklarda ko‘p miqdorda eskirgan yaroqsiz valyutalar yig‘ilganda, bank ushbu valyutalarni yangisiga almashtiradi. Bunda, quyidagi xarajatlar mavjud:
1) yangi valyutani yetkazib beruvchi bankning xizmat xaqi;
2) bojxona xarajatlari uchun to‘lovlar:
3) transport xarajatlari.
66. Hokim yordamchilari kredit maqsadli ishlatilganligi bo‘yicha dalolatnoma bergandan so‘ng bank qaytadan monitoring o‘tkazib, maqsadsiz deb topib, kredit ajratmasligi mumkinmi?
67. Men bankdan 300 AQSh dollari sotib olmoqchi edim. Bank mendan shaxsimni tasdiqlovchi hujjat talab qildi. Shu to‘g‘rimi?
68. AQSh dollarini sotib olishda cheklovlar bormi?
Bugungi kunda hech qanday cheklovlar mavjud emas. Bankomat orqali chet el valyutasini sotib olishda bir marttada faqatgina 100 AQSh dollarini olish mumkin.
69. Skoring tizimi orqali mening arizam rad etildi. Sababini ko‘rsam bo‘ladimi?
70. Onlayn olingan kreditni naqd pul shaklda bank kassasi orqali so‘ndirishim va muddatidan oldin qaytarishim mumkinmi?
71. Ipoteka krediti olmoqchiman. Oyligimdan tashqari ota-onamning pensiyasi daromadga qo‘shiladimi?
72. Humo bank kartamdagi to‘lovlar tarixini bankka bormasdan turib qanday bilsam bo‘ladi?
73. Ish beruvchi korxonalarga soliq imtiyozlari mavjudmi?
Joriy yil 1 maydan 2023 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilar* tomonidan 25 yoshdan oshmagan yoshlarni ish bilan ta'minlaganligi uchun ularga soliq imtiyozlari qo‘llaniladi.
Soliq imtiyozi: korxonaning o‘z yosh xodimlari uchun to‘lagan ijtimoiy soliq summasi (12 foiz) Davlat byudjetidan to‘liq qaytarib beriladi.
Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi.
* byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno74. Nega men tijorat banklari va ularning filiallaridan 100 AQSh dollaridan ortiq miqdordagi naqd chet el valyutasini sotib olganimda shaxsni tasdiqlovchi xujjatni taqdim etishim kerak?
Xalqaro amaliyotda identifikatsiya talabi mavjud bo‘lib, (Identifikatsiya - shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet) ma'lumotlari kiritib boriladigan, mijozlarni ro‘yxatga olish daftari) u jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida amalga oshiriladi.
75. Aksiyalarda qanday qilib daromad topish mumkin?
1. Sotib olish va ushlab turish (Buy and Hold)
Aksiyalarda pul ishlashning eng oson yo'li - sotib olish va ushlab turishdir. Siz aksiyador bo'lishingiz va istagan kompaniya aksiyalarini sotib olishingiz mumkin. So’ngra, ularni uzoq vaqt davomida portfelingizda ushlab turasiz va aksiya qiymatini o’shishini kutasiz. Bu usul biroz sabr-toqatni talab qilishi mumkin, ammo vaqt o'tishi bilan to'g'ri kompaniya bilan siz munosib daromad olishingiz mumkin.
2. Dividendlar
Ko'pgina kompaniyalar o'z aksiyadorlariga dividendlar to'laydi. Dividendlar kompaniya foydasining bir qismi bo'lib, aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanadi. Dividendlar orqali aksiyalardan daromad olish, sizning kompaniya aksiyalariga egalik qilishdan passiv daromad olishingizni anglatadi, hatto ularning qiymati tez o'smasa ham. Bu usul barqaror daromad izlayotgan investorlar uchun mos keladi.
3. Aksiyalar bilan savdo qilish
Faolroq investorlar uchun birja savdolari mavjud. Birjada aksiyalarni narxlari o'zgarishiga qarab sotib olishingiz va sotishingiz mumkin. Bu bozorda ko'proq ishtirok etishni va bilimni talab qiladi, shu bilan birga ko'proq daromad olish imkoniyatini ham beradi.
4. O'rganish va tahlil
Aksiyalarga muvaffaqiyatli sarmoya kiritish uchun kompaniyalarning hisobotlari va tahlillarini o'tkazish muhimdir. Siz kompaniyaning moliyaviy holati, biznes modeli, raqobatdoshlilik ustunligi va istiqbollarini o'rganishingiz kerak. Bu sizga investitsion qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
5. Diversifikatsiya
Qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish bilan bog'liq xavflarni kamaytirish uchun portfelingizni diversifikatsiya qilish tavsiya etiladi. Bu turli kompaniyalar va har hil sohadagi kompaniyalar aksiyalariga sarmoya kiritishni anglatadi. Bundan tashqari, bitta kompaniya muammolarga duch kelgan bo'lsa ham, boshqalari yo'qotishlarni qoplashi mumkin.
Xulosa
Qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish – bu tajribasiz investorlar uchun ham, tajribali investorlar uchun ham mos keladigan pul ishlashning qulay usuli. Shuni yodda tutish kerakki, fond bozori o'zgaruvchan bo'lishi mumkin va investorlar o'z investitsiyalarini diqqat bilan kuzatib borishlari va muntazam ravishda tahlil qilishlari kerak. Siz tanlagan sarmoya usulidan qat'iy nazar, yetarli bilim va xabardorlik muvaffaqiyatli investor bo'lishning muhim tarkibiy qismidir.
76. Bizning mahallada uzoq vaqtdan beri hokim yordamchisi tayinlanmagan imtiyozli kredit olish uchun hokim yordamchisi tavsiyanomasi kerakmi?
77. Turkiya davlatida tibbiy jarohlik amaliyoti uchun to‘lovni svift orqali yubormoqchiman. Jo‘natma jarayonida BEN, OUR, SHA turdagi komission to‘lovlar mavjud ekan. Ularning bir biridan farqi nimada?
Svift orqali jo‘natmani amalga oshirish uchun xorijiy mamlakatdagi pul qabul qiluvchining bank rekvizitlari (jo‘natmani qabul qiluvchi bank, bank svift kodi yoki IBAN raqami, qabul qiluvchi shaxs to‘liq ismi sharifi, manzili, hisobvarag‘i, to‘lov maqsadi) ni to‘lov topshiriqnomasiga kiritish lozim. Bunday jo‘natmalarda mahalliy va xorijiy bankning komission to‘lovalari mavjud. Ular BEN, OUR, SHA turlariga bo‘linadi. Bunda,
BEN – barcha kommission to‘lovlar jo‘natma summasidan yechib olinadi, ya'ni pullarni qabul qiluvchi jo‘natma summasiga nisbatan kamroq summa qabul qiladi;
OUR – barcha kommission to‘lovlar jo‘natuvchi hisobidan amalga oshiriladi, ya'ni pullarni qabul qiluvchi jo‘natmani to‘liq summada qabul qiladi, kommission to‘lovlar esa jo‘natuvchining hisobvarag‘idan yechib olinadi;
SHA – jo‘natuvchi o‘z mahalliy banki komission to‘lovlarini amalga oshiradi, qabul qiluvchi esa xorijiy bank komission to‘lovlarini to‘laydi yoki jo‘natma summasidan chegirib qolinadi.
78. Oilaviy kartalarning afzalliklari nimadan iborat?
Oilaviy kartalarning quyidagi afzalliklari mavjud:
1. bir bank hisobvarag‘iga bog‘langan oilaviy kartalar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari uchun vositachilik haqlari undirilmaydi;
2. oilaviy karta egasi sms-xabarnomani faollashtirish orqali unga ulangan oilaviy kartalar orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalardan xabardor bo‘lishi mumkin;
3. kartaning bu turi mijozlarga bitta hisobvaraqni boshqarish hamda har bir ulangan oilaviy karta uchun cheklov belgilash imkoniyatini beradi.
79. Ta'minot shartnomasi qanday tuziladi yoki ta'minotchi korxonalarni qaerdan topsa bo‘ladi?
80. Bank-emitent bo‘lmagan bank orqali bank kartasi to‘ldirish imkoniyati bormi?
Bank kartasini har qanday bankda to‘ldirish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, cash-in funksiyasi mavjud bo‘lgan bankomatlar orqali ham bank kartasini mablag‘ bilan to‘ldirish mumkin.
81. Virtual xalqaro kartalar orqali internet xaridlarni amalga oshirsa bo‘ladimi? Ular qanday ochiladi?
82. Istalgan valyuta kartalari orqali elektron xaridlarni amalga oshirsam bo‘ladimi?
Xa, istalgan valyuta kartasidan barcha turdagi elektron xaridlarni amalga oshirish mumkin.
83. Ilgari imtiyozli kredit olganman ma'lum sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida qaytara olmadim lekin, bugungi kunda kreditni to‘liq yopganman, yana imtiyozli kredit olishim mumkinmi?
84. Mijoz imtiyozli kredit bo‘yicha arizani tasdiqlamagan bo‘lsa, o‘zgartirsa yoki qaytadan ariza bersa bo‘ladimi?
85. 11 sinf o‘quvchisi ham oilaviy tadbirkorlik uchun kredit olsa bo‘ladimi?
86. Xususiy lizing kompaniyasidan avtomobil sotib olib, to‘lovlarni kompaniyaga doim naqd pulda va o‘z vaqtida to‘lab kelganman. Lizing to‘lovlarini barchasini to‘lab bo‘lib, avtomobilni o‘z nomimga rasmiylashtirish bo‘yicha ariza berganimda menga 10 mln.so‘m miqdorida penya hisoblanganini ma'lum qilishdi. Men to‘lovlarim bo‘yicha hech qanday hujjat olmaganman. Qanday qilib bu penya asossiz hisoblanganini isbotlashim mumkin?
87. Men kadastr hujjatlari hali tayyor bo‘lmagan ko‘p qavatli uylardan tijorat bankining umumiy tartibdagi yillik 24 foiz to‘lash sharti bilan 5 yil muddatga ipoteka krediti hisobidan xonadon sotib olgandim. Ushbu kreditimni yangi tartib doirasida qulayroq shartlarda qayta moliyalashtirsam bo‘ladimi?
Tijorat banklari tomonidan ulushdor-jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlari, xonadon davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng qayta moliyalashtiriladi.
Yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari Moliya vazirligi tomonidan berilgan resurslar hisobidan quyidagi miqdorlarda qayta moliyalashtiriladi:
- Toshkent shahrida 339 150 000 so‘mgacha;
- boshqa shaharlarda 309 400 000 so‘mgacha;
- qishloqlarda 238 000 000 so‘mgacha.
- Kredit foizi: bozor stavkasi bo‘yicha (yillik 17-19 foiz)
- Muddati: 20 yilgacha
88. Qanday qilib valyuta konvertatsiya operatsiyasini bekor qilishim mumkin?
Bajarilgan valyuta ayirboshlash operatsiyasini bekor qilish mumkin emas. Internet bank orqali ushbu valyutani qayta ayirboshlashingiz mumkin, lekin sotish va sotib olish kurslari o‘rtasidagi farqni hisobga olish zarur, chunki kurs farqi hisobiga zarar ko‘rishingiz mumkin.
89. Qanday holatlarda bank kartani bloklashi mumkin
1. Bank kartasi yo‘qolganligi yoki o‘g‘irlanganligi to‘g‘risida ariza topshirilganda.
2. Foydalanish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan bank kartasi ishlatilganda.
3. Mijoz foydalanish uchun bank kartalarini taqdim etish to‘g‘risidagi shartnoma shartlarini buzsa.
4. Mijozlar tomonidan shubhali bitimlar aniqlangan taqdirda.
5. Agar shaxs terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishga tegishli bo‘lsa.
90. Hokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida olingan kreditlardan maqsadsiz ishlatilgan holatlar aniqlaganda qanday choralar ko‘riladi?
91. Kredit bo‘yicha foiz stavkalarini qanday bilish mumkin?
Bank mobil ilovasida
“Kredit” bo‘limiga o‘ting va sizga kerakli bo‘lgan kredit turini tanlang. Foiz stavkasi ekranning yuqori qismida ko‘rinadi.
Bank ofislarida
Bank ofislaridan biriga tashrif buyuring hamda mas'ul operator/xodimdan konsul'tasiya oling.
Bank rasmiy sayti yoki call-markazida
Bank call-markaziga qo‘ng‘iroq qiling yoki bankning rasmiy saytiga kiring. Banklarning ishonch telefon raqamlari va rasmiy saytlari ro‘yxati bu yerda.
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali orqali - bankxizmatlari.uz/uz
92. Mening arizam skoring tizimi orqali rad etilgan edi. Kredit qarzlarimni to‘liq qopladim va qayta ariza qoldirganimda yana skoring tizimi orqali kredit qarzdorligingiz bor, mazmunida rad etilmoqda. Ushbu holatda nima qilsam bo‘ladi?
93. Kreditni so‘ndirish o‘z ichiga nimalarni oladi?
Kreditni so‘nidirish mobaynida qarz oluvchi quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:
- kreditning boshlang‘ich summasi bo‘yicha to‘lovlar;
- mablag‘lardan foydalanganlik bo‘yicha foiz to‘lovlari;
- boshqa xarajatlar.
Kredit bo‘yicha foizlar umumiy tamoyillar asosida hisoblanadi – ya'ni, ma'lum muddatga (odatda 1 yilga) kreditning asosiy summasidan ulush (%) sifatida. Kredit muddati bir kalendar yilidan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin, ammo bu foizlar hisoblanish mohiyatini o‘zgartirmaydi, kredit muddatidan kelib chiqib foizlar qayta hisoblanib boriladi.
Kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar bank komissiyasi, garovni baholash, sug‘urtalash va rasmiylashtirish hamda oylik to‘lovlarni kechiktirib to‘lash bo‘yicha jarima va penyalar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
94. Xorijda chet el valyutasidagi bank kartasidan foydalanish bo‘yicha cheklovlar majudmi?
Hech qanday cheklovlar yo‘q. Bank kartasidan foydalanish tartibi bank kartasi saqlovchisi va bank o‘rtasidagi shartnomaga binoan belgilanadi.
95. Internet do‘konlarda mahsulotlarni sotib olish uchun qanday qilib onlayn to‘lovlarni amalga oshirish mumkin?
Xalqaro to‘lov kartalaridan (VISA, MasterCard va boshqalar) foydalangan holda internet-do‘konlardan tovarlarni sotib olish mumkin. Ushbu kartalar mahalliy banklar tomonidan chiqariladi.
96. Arizachi elektron platforma orqali arizasini xato yuborib qo‘ysa, yuborilgan arizani bekor qilishi mumkinmi?
97. Kreditni so‘ndirish tartibi qayerda belgilab qo‘yiladi?
Kredit muddati, kreditni so‘ndirish usuli va boshqa shartlar qarz oluvchi va bank o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasida belgilanadi.
98. Mening o‘rtacha oylik maoshim 5 mln.so‘mni tashkil etadi. Bankda 20 mln.so‘m mikroqarzim bor, oyiga 2 mln. atrofida to‘lab boraman. Ayni vaqtda avtokredit olishim mumkinmi?
99. “Smart Market” elektron savdo maydonida yetkazib beruvchi (ta'minotchi) va mijoz o‘rtasida tuzilgan hamda to‘liq imzolangan ta'minot shartnomasi va hisobvaraq-fakturasi hokim yordamchisi tomonidan dalolatnoma orqali rad etilganda shartnomani ta'minotchi bilan qayta
100. Bank kreditini avtotransport garovi ostida rasmiylashtirganman. Garov o‘rnatilgan tartibda bank krediti to‘liq muddatiga sug‘urtalangan va to‘lovlar amalga oshirilgan. Kreditni muddatidan oldin so‘ndirsam, mos ravishda sug‘urta to‘lovlarini qisman qaytartirishim mumkinmi?